Surxondaryo viloyati bojxona boshqarmasi xodimlari qo‘shni davlatdan noqonuniy tamaki mahsulotini olib o‘tishga chek qo‘ydi.

“Ayritom” chegara bojxona posti orqali qo‘shni davlatdan mamlakatimizga kirib kelgan yuk avtotransport vositasi “Termiz logistika markazi” hududida belgilangan tartibda bojxona ko‘rigidan o‘tkazilganida transport vositasi tirkamasining ichki yon qismlaridagi qo‘shimcha tirgaklar ichiga maxsus usullarda joylashtirilgan 2 ming 640 quti sigaret mahsuloti borligi aniqlandi.

Sergak bojxonachilar yana bir holatda qo‘shni davlatdan kirib kelgan yuk avtotransport vositasini bojxona nazoratidan o‘tkazganida uning saloni old panel qismiga yashirin tarzda joylashtirilgan 459 quti tamaki mahsulotini fosh etdi.  

Ayni paytda mazkur holatlar yuzasidan belgilangan tartibda tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

Amaldagi tartibga ko‘ra, chetdan mamlakatimizga jismoniy shaxslar bojxona chegarasi orqali 200 donadan ko‘p bo‘lmagan tamaki mahsulotini olib kirishga ruxsat etiladi.  

Xolmo‘min Mamatrayimov, O‘zA muxbiri

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“Ayritom”da tamaki mahsulotini yashirincha olib o‘tishga chek qo‘yilmoqda