Bir kun kasal bo‘lib, to‘shakda yotib qolish holatingizni bir tasavvur qiling. Hech narsa ko‘ngilga sig‘maydi. Zero, salomatlik bebaho boylikdir. Shu bois sog‘liqni asrash, sog‘lom turmush tarziga amal kerak. Albatta, bugungi kunda tibbiyot sohasida ko‘p ishlar qilinyapti. Ularning zamirida inson salomatligini mustahkamlashdek ezgu maqsad mujassam.

Davlatimiz rahbarining 2020 yil 12 noyabrda qabul qilingan “Birlamchi tibbiy-sanitariya yordami muassasalari faoliyatiga mutlaqo yangi mexanizmlarni joriy qilish va sog‘liqni saqlash tizimida olib borilayotgan islohotlar samaradorligini yanada oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoni sog‘liqni saqlash tizimida olib borilayotgan islohotlar samaradorligini sifat jihatdan yangi bosqichga ko‘tarishda muhim ahamiyat kaasb etmoqda.  

Farg‘ona viloyatining aholisiga 335 ta davolash profilaktika va yordamchi muassasalar, jumladan, 19 ta ko‘p tarmoqli markaziy poliklinika, 115 ta oilaviy poliklinika va 63 ta qishloq vrachlik punkti va 60 ta shifoxona tomonidan tibbiy xizmat ko‘rsatilmoqda. Birgina o‘tgan yilda investitsiya dasturiga asosan shahar va tumanlardagi 22 ta tibbiyot muassasasida 44,7 milliard so‘mlik qurish, rekonstruksiya va ta’mirlash ishlari bajarildi. Viloyat endokrinologiya dispanseri uchun zamonaviy bino qurib foydalanishga topshirildi. Olis va chekka hududlaridagi faoliyati avval to‘xtatilgan 8 ta oilaviy poliklinika va qishloq vrachlik punkti qayta tiklandi.

Sohada bu kabi sa’y-harakatlar samarasi o‘laroq tibbiy xizmat ko‘rsatish sifati oshdi, birlamchi tibbiy bo‘g‘inga ishonch paydo bo‘ldi. Bir qaraganda, hamma ish risoladagidek. Joylarda bo‘lganimizda esa hanuz tizimdagi muammolar muallaq qolib, hal etilmayotganiga guvoh bo‘ldik. Qishloq aholisi tibbiy xizmatdan ko‘ngildagidek foydalana olayotgani yo‘q.

Bag‘dod tumani markazidan qariyb 25 kilometr masofadagi olis cho‘l hududida joylashgan Karimbobo qishloq vrachlik punkti 1998 yili barpo etilib, o‘z vaqtida 30 nafarga yaqin tibbiyot xodimi ishlagan eng namunali qishloq vrachlik punkti hisoblangan. 2017 yili mazkur muassasa Matquloboddagi 7-sonli qishloq oilaviy poliklinikasining filialiga aylantirildi. Tumanning eng olis Chek Xitoy va Karimbobo qishloqlarida istiqomat qiladigan 6 mingdan ortiq aholiga tibbiy xizmat ko‘rsatishi zarur bo‘lgan muassasaning o‘zi bugun jiddiy “muolaja”ga muhtoj. Hozirgi kunda  bir nafar oilaviy shifokor, o‘nga yaqin patronaj hamshirasi, bir nafar kichik tibbiy xodim faoliyat ko‘rsatadi.

Bu yerdagi muammolar haqida bundan ikki yil oldin uza.uz saytida tanqidiy maqola e’lon qilingan edi. Mana oradan shuncha vaqt o‘tsa hamki, biror natija yo‘q. Vaholanki, o‘sha paytda viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi bunga o‘z munosabatini bildirgan edi.

Bu maskan qishda umuman isimaydi, hudud maydonini yovvoyi o‘t bosgan, himoya devorlari nurab yotibdi, hovlidagi ishlatilgan tibbiy jihozlarni zararsizlantirish joyi mutlaqo talabga javob bermaydi. Oilaviy shifokor Qoriyaxon G‘ofurova tuman tibbiyot birlashmasiga ish bilan ketganligi sababli gaplasha olmadik. Patronaj hamshirasi Shohista Hoshimova shunday sharoit bo‘lsa-da o‘ziga biriktirilgan hududda tizimli ish tashkil etganligini bildirdi.  

Mahalla aholisi mazkur filialni yana qishloq vrachlik punktiga aylantirish bo‘yicha yordam so‘rab murojaat qilmagan idora qolmadi. Murojaatlar asosida mutaxassislar qayta-qayta kelib vaziyatni obdon o‘rgandi. Ammo... Va’dalar ko‘p marotaba takrorlandi, lekin haligacha biror-bir amaliy natija yo‘q. Aholi bilan suhbatlashsangiz, hafsalasi pir bo‘lganini aytadi.

– Bu yerdagi sharoit umuman talabga javob bermaydi, – deydi shu mahallada yashovchi Azizjon Abdurahimov. – Ichimlik suvi yo‘q, xonalar juda sovuq. Bu punktga ozgina e’tibor kerak, xolos. Axir bu yerdagilarga ham malakali tibbiy xizmat kerak-ku!  

Matqulobod qishlog‘idagi 7-sonli oilaviy poliklinikadamiz. Soat 14:00 lar bo‘layotgan bo‘lsa-da birorta shifokorni uchratmadik. Tashqari minus darajada sovuq, xonalar esa undan-da sovuq. 2017 yilda bu maskan ta’mirlangan ekan. Tor doiradagi – xirurg, terapevt, akusher-ginekolog kabi mutaxassislar yo‘q. Binoga shifokorlarning ish jadvali nomigagina osib qo‘yilgan.

 – Beshta mahalla fuqarolar yig‘inidagi 20 mingdan ortiq aholiga xizmat ko‘rsatamiz, – deydi oilaviy poliklinika mudiri Tohirjon Abdullayev. – Chekka hudud bo‘lganimiz uchun UZI apparati berilgan. Birlamchi tibbiy xizmatni sifatli tashkil etish harakatidamiz.

Bag‘dod tumanida 218 mingdan ortiq aholi bo‘lib,  7 ta oilaviy, 4 ta oilaviy shifokorlik punkti bor. Hududlarda 108 ta tibbiyot brigadalari tashkil qilindi. Markaziy shifoxonaning bolalar bo‘limida davolanayotganlarning yaqinlari dori-darmon masalasida uzilishlar bo‘layotganini aytdi. Shuningdek, bu bino ta’mirdan chiqarilgan bo‘lsa-da, qurilish ishlari sifatsiz bajarilgan.

– Tumanimizda birlamchi tibbiy-sanitariya yordamini har tomonlama mustahkamlash, tibbiy profilaktika va patronaj tizimining mutlaqo yangi tizimini joriy qilish bo‘yicha muayyan ishlar olib borilmoqda, – deydi tuman tibbiyot birlashmasi boshlig‘i Abdumajid Yunusov. – Hozirga qadar 83 foiz aholi xatlovdan o‘tkazilib, tegishli guruhlarga bo‘lindi. Shuningdek, patronaj hamshiralarini planshetlar bilan ta’minlash harakatidamiz. Haqiqatdan ham “Karimbobo” qishloq vrachlik punkti bo‘lgan. Qisqartirish tushib, hozirda filial sifatida foydalanib turibmiz. 2023 yilda qayta tiklanishga kiritilgan. Tumanimiz bo‘yicha hozirda 70 stavka bo‘sh ish o‘rni bo‘lib, oliy ma’lumotli shifokorlar yetishmaydi.  

Quva tumani Begat qishlog‘ida joylashgan ichki kasalliklar bo‘limidagi sharoit umuman talabga javob bermaydi. Kanalizatsiya yo‘q, ikkinchi qavatga suv chiqmaydi. Bu yerda davolanayotganlarning aksariyati xizmat ko‘rsatishdan norozi.

Soyibjon Mirzaboyev Akbarobod qishlog‘idan, ikkinchi guruh nogironi. U bilan suhbatlashganimizda aksariyat dori-darmonlarni sotib olayotganligini bildirdi.

– Dorilar juda qimmat, – deydi u. – Pensiyani olib kelib,  yetganicha dorilarni oldim. Qolganini qarz olib turibman. Doim shunday davolanaman.

Ichki kasalliklar bo‘limi boshlig‘i Rahimjon Mirisaqovning aytishicha, har yili yanvar-fevral oylarida dori-darmonlar ta’minotida tanqislik kuzatiladi.

Sog‘liqni saqlash tizimida hech qachon yolg‘onlar bo‘lmasligi kerak. Chunki xalqimizda kasalni yashirsang isitmasi oshkor qiladi, degan gap bor.

Mutasaddilar bu gal qanday bahona bilan o‘zlarini oqlashar ekan? Kutamiz...  

M. Sulaymonov,

M. Qodirov(surat)

O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Ayrim tibbiyot maskanlarining o‘zi “muolaja”ga muhtoj yoxud bir tuman tibbiyot birlashmasida 70 ta ish o‘rni bo‘sh