“Ayollarsiz dunyoni tasavvur etib bo‘lmaydi” – G‘ulomjon Yoqubov (+video)
Bahoriy kunlarda 8-mart – Xalqaro xotin-qizlar bayrami arafasida davlatimiz rahbarining farmoniga bilan yurtimiz taraqqiyotiga munosib hissa qo‘shib kelayotgan ayollarimizdan bir guruhi yuksak unvon, orden va medallarga sazovor bo‘ldi.
Shuningdek yana 28 nafar qiz Zulfiya nomidagi Davlat mukofotiga loyiq ko‘rildi.
Ko‘ksaroy qarorgohida davlatimiz rahbari mukofot sohibalarini tabriklar ekan, – Yangi O‘zbekistonni ayollari hayotdan rozi bo‘lib, baxtli-saodatli yashaydigan mamlakatga aylantirish – mening eng katta niyatim, – deya ta’kidladi.
Yurtimizda ayollar qadrining yuksalayotganidan to‘lqinlanib, O‘zbekiston xalq artisti G‘ulomjon Yoqubov o‘z fikrlarini aytdi.
– Ayol, bu – onamiz, ayol, bu – opa-singlimiz, ayol, bu – qizimiz. Men ijodimning aksarini ayollarga bag‘ishlaganman. Bugungi bayram shukuhida elimiz ayollarining quvonchidan shodlandim. Ularni qancha e’tirof etsak shuncha kam, – deydi G‘ulomjon Yoqubov.
<iframe width="650" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/QfgjySYwimM" title="“Ayollarsiz dunyoni tasavvur etib bo`lmaydi” – G`ulomjon Yoqubov" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>Abdulaziz RUSTAMOV, Yoqub MELIBOEV (video), O‘zA