“O‘zbekiston — 2030” strategiyasida belgilangan har bir maqsad va uni amalga oshirish bo‘yicha belgilangan vazifalar fuqarolarning ijtimoiy-iqtisodiy hayotini yanada yaxshilash, imkoniyatlarini kengaytirishga xizmat qiladi.

Xususan, 25-maqsadda nazarda tutilgan xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash tizimini kuchaytirish, ularning huquq va qonuniy manfaatlarini ta’minlash, ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy faolligini oshirish va gender tenglikni ta’minlash borasida qator amaliy chora-tadbirlar ko‘rilmoqda.   

AOKAda o‘tkazilgan brifingda Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi axborot xizmati rahbari Saodat Boymirzayeva bu borada amalga oshirilayotgan ishlar xususida ma’lumot berdi.   

Qayd etilishicha, “Sog‘lom oila – sog‘lom jamiyat” shiori ostida oilalar farovonligi va barqarorligini ta’minlash, oilalarni mustahkamlash, mas’uliyatli ota-onalik g‘oyasini singdirish, nizoli oilalardagi muhitni sog‘lomlashtirish maqsadida mahallalarda manzilli ishlar tashkil etilmoqda.   

“Oqila ayollar harakati” a’zolari, oilaviy qadriyatlarni mustahkamlash komissiyasi, tegishli mutaxassislar hamda hamkor tashkilotlar bilan birga 120 ming 688 ta oila muhiti o‘rganildi. Ulardan 59 ming 345 tasida mavjud nizolar bartaraf etildi. 36 ming 618 ta oila yarashtirildi, 12 ming 347 ta aliment, 2 ming 665 ta uyga kiritish, 4  ming 953 ta mol-mulk bilan bog‘liq nizolar hal etildi.   

2 ming nafar jarrohlik operatsiyasiga muhtoj xotin-qizlarni sog‘lom hayotga qaytarish uchun Oila va xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash davlat maqsadli jamg‘armasi tomonidan mablag‘ ajratish bo‘yicha yillik reja tasdiqlanib, joriy yilning aprel-iyun oylarida 735 nafar ehtiyojmand xotin-qiz va bolalarning jarrohlik operatsiyasi va davolanishi uchun 10 milliard so‘mga yaqin mablag‘ ajratildi.     

Xotin-qizlarning kichik biznes loyihalarini qo‘llab-quvvatlash hamda oilaviy tadbirkorlikni yanada rivojlantirish maqsadida tijorat banklari tomonidan 74 ming 420 nafar xotin-qizga 1 trillion 230 milliard so‘m kreditlar ajratildi.  

Muhayyo Toshqorayeva, O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Ayollar tadbirkorligi: 74 mingdan ziyod xotin-qizga 1 trillion 230 milliard so‘m kredit ajratildi