Qarshining “Sevinch” klubi bu yilgi ayollar oʻrtasida oʻtkazilgan mamlakat chempionatining Oliy ligasida gʻoliblikni qoʻlga kiritdi va oʻz tarixida oʻn uchinchi marta Oʻzbekiston chempioni boʻldi.

Shu munosabat bilan Qarshi shahridagi moʻjazgina “Delfin” dam olish maskanida klub bosh homiysi – “Shoʻrtangazkimyo majmuasi” tomonidan jamoa futbolchilari va murabbiylarini tantanali taqdirlash marosimi tashkil etildi. 

photo5201688455178988528.jpg

Marosimda Qarshi shahar hokimi Normoʻmin Xolboyev, viloyat jismoniy tarbiya va sport boshqarmasi boshligʻi Sirojiddin Ochilov, klub bosh homiysi – “Shoʻrtangazkimyo majmuasi” MCHJ bosh direktori Shuhrat Aslanov, viloyat futbol assotsiatsiyasi birinchi vitse-prezidenti Norqul Daminov Oʻzbekiston professional futbol ligasi vakillari va shuning boshqa rasmiy shaxslar hamda futbol faxriylari hozir boʻlishdi.

Chempion jamoa vakillariga – futbolchi va murabbiylarga OʻzPFLning oltin medallari, birinchi darajali diplom, Kubok, klub homiylari tomonidan esa esdalik sovgʻasi sifatida soʻnggi toifadagi noutbuklar topshirildi.

photo5201688455178988531.jpg

Oʻz oʻrnida, jamoa bosh murabbiyi Vladislav Xan viloyat va shahar hokimiyatlariga, klub bosh homiysi rahbariyatiga tashakkurnomalar taqdim etdi. Shuningdek, OʻFA va OʻzPFL nomidan Viloyatda sportni, ayniqsa futbolni, shu jumladan, ayollar futbolini rivojlantirish va ommalashtirishdagi, “Sevinch“ ayollar jamoasining professional tarzda shakllanishi, tarkibida mamlakat turli terma jamoalariga nomzodlar yetkazib berish yoʻlida barcha sharoitlarni yaratib berayotganligi va futbolchi-murabbiylarni har doim ham qoʻllab-quvvatlab kelayotganligi uchun Qashqadaryo viloyat hokimi, viloyat futbol assotsiatsiyasi prezidenti Zoyir Mirzayevga, “Shoʻrtangazkimyo majmuasi” MCHJ bosh direktori, “Sevinch” professional futbol klubi prezidenti Shuhrat Aslanovga “Faxriy yorliq”lar topshirildi.

photo5201688455178988529.jpg

Taqdirlash marosimida klub tomonidan yilning eng yaxshilari ham taqdirlanishdi. Bunda “Eng yaxshi oʻyinchi” nominatsiya gʻolibi – Maftuna Shoyimova, “Eng yaxshi toʻpurar” nominanti – Nilufar Qudratova, “Eng yaxshi darvozabon” nominatsiyasi gʻolibi – Laylo Tilovova va “Eng yosh oʻyinchi” nominatsiyasi laureati – Sevara Roʻziyevalar boʻlishdi.

photo5201688455178988530.jpg  

Marosim oʻyin-kulgu va xursandchiliklar bilan davom etdi.

photo5201688455178988533.jpg

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
AYOLLAR FUTBOLI: “Sevinch” jamoasiga oltin medallar va bosh sovrin – Kubok topshirildi