Yana uch kundan so‘ng Toshkent shahridagi “Bunyodkor”, “Paxtakor” va “JAR” stadionlarida ayollar o‘rtasidagi Osiyo chempionati saralash o‘yinlariga start beriladi.

Unda jamoalar “Ye”, “A” va “G” guruhlarida o‘zaro kuch sinashishadi. O‘zbekiston  “Ye” guruhida Janubiy Koreya va Mo‘g‘uliston termalariga qarshi bahs olib boradi. Saralash o‘yinlari sakkiz guruhda 28ta jamoa ishtirokida o‘tkaziladi.  

“A” guruhi: Xitoy Taypeyi, Baxrayn, Turkmaniston, Laos

“V” guruhi: Vetnam, Tojikiston, Maldiv orollari, Afg‘oniston

“S” guruhi: KXDR, Singapur, Iroq, Indoneziya

“D” Muanmar, BAA, Guam, Livan

“E” guruhi: J.Koreya, O‘zbekiston, Mo‘g‘uliston

“G‘” guruhi: Filippin, Gonkong, Nepal

“G” guruhi: Iordaniya, Eron, Bangladesh

“N” guruhi: Tailand, Falastin, Malayziya.

Guruhlarda birinchi o‘rinni eglallaganlar navbatdagi bosqichga yo‘llanma oladi. Ikkinchi bosqichda birinchi bosqich g‘oliblariga qit’a ayollar futboli reytingida yuqori o‘rinda bo‘lgan Xitoy, Yaponiya, Hindiston va Avstraliya termalari qo‘shilishadi.  

O‘n ikkita jamoa qur’aga ko‘ra, teng ikkiga bo‘linadi. Shu ikki guruhda birinchi, ikkinchi va uchinchi o‘rinlarni egallagan termalar Jahon chempionatiga yo‘llanma olishadi. Guruhlarda 4-o‘rinndan joy olgan jamoalar o‘rtasida pley-off o‘yini o‘tkaziladi va uning g‘olibi yettinchi jamoa sifatida mundial ishtirokchisiga aylanadi.

Mabodo, shu yettitalik orasida Avstraliya ham joy oladigan bo‘lsa, u holda yo‘llanma 8-o‘rin egasiga beriladi. Sababi, 2023 yilgi jahon chempionati aynan Avstraliyada tashkil etiladi.

Toshkentdagi saralash o‘yinlarida vakillarimiz 20 sentyabr kuni Mo‘g‘uliston, 23 sentyabrda esa J.Koreya vakillariga qarshi maydonga tushadi. Bizning guruh bahslari “Paxtakor” stadionida o‘tkaziladi.  

Bosh murabbiy Bahrom Norsafarov mazkur musobaqaga quyidagi futbolchilarni jalb etdi:

Darvozabonlar: Laylo Tilovova (“Sevinch”), Maftuna Jonimqulova (”Sevinch”), Gulandon Boymatova (“Metallurg”).

Himoyachilar: Zumrad Nazarova (“Paxtakor”), Kamol Risqiyeva (“Bunyodkor”), O‘g‘iloy Ilasheva (AGMK), Laylo Shodiyeva (“Sevinch”), Tanzilya Zarbiyeva (“So‘g‘diyona”), Maftuna Shoimqulova (“Sevinch”), Nozima Kamoltoyeva  (“Metallurg”).

Yarim himoyachilar: Rushaniya Safina (“Metallurg”), Kamila Zaripova (AGMK), Lianna Narbekova (“Ortxodox”), Dildora Nozimova (“Bunyodkor”), Irodaxon Turdaliyeva (“So‘g‘diyona”), Malika  Burxonova (“Sevinch”), Umida Zoirova (“Bunyodkor”), Saida Galimova (“Bunyodkor”), Diyora Habibullayeva (“So‘g‘diyona”).

Hujumchilar: Mahliyo  Sariqova (“So‘g‘diyona”), Aziza Norboyeva (“Bunyodkor”), Lyudmila Karachik (“Bunyodkor”), Nilufar Qudratova (“Sevinch”).

Oybek Yunusov, O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Ayollar futboli: jahon chempionatiga chiqa olamizmi?