Qolgan barcha jamoalarda Kubokni qo‘lga kiritish uchun ham amaliy, ham nazariy jihatdan imkoniyatlar bor.
Ayollar o‘rtasdagi joriy yilgi O‘zbekiston Kubogi o‘yinlari oldindan belgilanganidek Reglament asosida emas, balki pandemiya sharoitidan kelib chiqib musobaqalarni davom ettirish imkoniyatiga ega bo‘lgan jamoalar o‘rtasida tashkillashtirish taklifi berilganida oltita jamoa Kubokda qatnashish istagini bildirdi. O‘zPFL bu jamoalar o‘rtasida qur’a o‘tkazdi. Qur’aga ko‘ra “Sevinch”, “Bunyodkor”, “Paxtakor” jamoalari “A” guruhidan, “So‘g‘diyona”, “Lokomotiv” va AGMK jamoalari esa “V” guruhidan joy oldi.
Bir davrali format o‘yinlarida jamoalar guruhdagi ikki uchrashuvdan birini o‘z maydonida, ikkinchisini esa safarda o‘tkazishi oldindan ma’lum qilindi. Chempionatning so‘nggi turini Toshkentda, “Paxtakor”ga qarshi o‘tkazgan “Sevinch” oraliq muddat kam ekanligi, iqtisodiy xarajatlarni kamaytirish maqsadida “Paxtakor” va “Bunyodkor”ga qarshi o‘yinlarini Toshkentda tashkil etish, Qarshiga belgilangan “Bunyodkor” bilan o‘yinni ham Toshkentda o‘tkazib qo‘yish bo‘yicha avvalo ikkala jamoaga, raqiblardan roziligini olgandan so‘ng esa O‘zPFLga rasman murojaat etdi. Tabiiyki, jamoalarning o‘zaro kelishuvini futbol tashkiloti ham qo‘llab-quvvatladi.
Shu tariqa “Sevinch” ikki kun avval “Paxtakor”ga qarshi maydonga tushdi. Chempionatning so‘nggi turida poytaxtliklardan uchralgan mag‘lubiyat alami Kubok o‘yinlarida olindi, deyish mumkin. Sababi, Vladislav Xan shogirdlari Rustam Oripov shogirdlarini yirki - 3:0 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi.
Bir necha daqiqalar avval yakuniga yetgan “Sevinch” va “Bunyodkor” jamoalari o‘rtasidagi o‘yinda esa durang natija qayd etildi. Avvaliga “qaldirg‘ochlar” yetakchisi Lyudmila Karachik hisobni ochib, jamoadoshlarini oldinga olib chiqqandi. Ikkinchi bo‘limning o‘rtalarida esa qarshiliklar tomonidan uyushtirilgan chiroyli kombinatsiyani Maftuna Shoyimova chiroyli gol bilan yakunlab qo‘ydi. Bundan keyin davom etgan ikkala jamoaning sa’y-harakatlari zoye ketdi.
[gallery-191]
“A” guruhida “Paxtakor”ning yagona mag‘lubiyati uning musobaqani davom ettirish imkoniyatlarini yo‘qqa chiqardi. “Bunyodkor”ning “Paxtakor”ga qarshi bahsida “qaldirg‘ochlar” to‘rtta to‘p farqi bilan raqiblarini yenga olsalargina final ishtirkchisiga aylanadi. Aksincha bo‘lsa “Sevinch” finalda.
Bugun shuningdek, “V” guruhida ham dastlabki uchrashuv bo‘lib o‘tdi. O‘z maydonida “Lokomotiv”ni qabul qilgan AGMK raqibini yirik hisobda dog‘da qoldirdi. Vaholanki, o‘yinda birinchi bo‘lib toshkentliklar hisobni ochishgandi - chempionat to‘purari Dildora Ergashevaning goli “temiryo‘lchilar”ni hisobda oldinga olib chiqqandi. Ammo bundan keyingi gollarning bari o‘z darvozalarga kiritildi.
Bu guruhda hali ham barcha jamoalarning ikmoniyatlari bor. Buning uchun “Lokomotiv” “So‘g‘diyona”ni o‘ta yirik hisobda mag‘lub etishi va xokazolar talab etiladi...
Final uchrashuvi manzili ham qur’a natijasida aniqlangan. Oltita jamoa nomi yozilgan sharikchalar ichida Jizzaxning “So‘g‘diyona” stadioni “omad kulib boqqan”. Final o‘yini 6 dekabrga belgilangan.
24 noyabr
“Paxtakor” – “Sevinch” – 0:3
Gollar: Laylo Shodiyeva (41, 48), Shoira Qulto‘rayeva (80)
26 noyabr
“Sevinch” – “Bunyodkor” – 1:1
Gollar: Maftuna Shoyimova (70) – Lyudmila Karachik (22)
AGMK – “Lokomotiv” – 1:5
Gollar:Dildora Ergasheva (28) - Dilrabo Asadova (39), Darina Fedosenko (58-pen.), Kamila Zaripova (73), Mardona Almatova (90+2), Leyla Rustullayeva (90+3).
Oybek YUNUSOV, Muhammad AMIN (surat), O‘zA