Har qanday davlat, jamiyatning madaniy darajasi ayolga bo‘lgan hurmat va e’tibor bilan o‘lchanadi. Bu shunchaki aytilgan, balandparvoz gap emas. Bu – davlat siyosatining bir yo‘nalishi, jamiyat hayotida xotin-qizlarning o‘rni va roli qanchalik muhimligiga ishora. Gender tenglik masalasi, “Ayollar daftari” degan tushuncha ham ana shu siyosat samarasi. Bu masala davlat rahbarining doimiy e’tiborida. Doimiy muhokama etiladigan mavzular qatorida turadi.

Prezidentimiz tashabbusi bilan o‘tgan yil yurtimizdagi ijtimoiy himoyaga muhtoj xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning manfaatlarini himoya qilish maqsadida mahallalarda “Ayollar daftari” shakllantirildi. Bu daftarlarni shakllantirish, xotin-qizlarning muammolarini o‘rganish va hal etish, ularni moddiy va ma’naviy qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan chora-tadbirlarni amalga oshirishga O‘zbekiston kasaba uyushmalari federatsiyasi bosh-qosh bo‘ldi. Ishchi guruhlar tuzilib, uyma-uy yurish orqali xotin-qizlar masalalarini o‘rganildi. Shu asosida tegishli dasturlar ishlab chiqib, muammolarni hal etishga kirishildi. Ayni payda esa uchinchi bosqichda “Ayollar daftari” ni shakllantirish ustida ish olib borilmoqda. 

Bu borada Samarqand viloyatida amalga oshirilgan ishlar haqida O‘zbekiston kasaba uyushmalari federatsiyasi viloyat kengashi raisi Suhrob Rafiqov bilan suhbatlashdik.

– Bizdagi singari xotin-qizlarni ijtimoiy-huquqiy, psixologik qo‘llab-quvvatlash, kasb-hunarga o‘rgatish va bandligini ta’minlash ishlarini markazlashtirilgan holda tashkil etish tajribasi dunyoning bironta mamlakatida bo‘lmasa kerak, – deydi S.Rafiqov. – Shaxsan men millionlab ayollarning dardu tashvishlari bilan qiziqib, ularning xonadoniga kirib, yashash sharoitiyu kam-ko‘stini o‘rganadigan davlat haqida eshitmaganman. Yordamga muhtoj ayollarni alohida daftarga kiritib, og‘irini yengil qilish haqida qayg‘urmaydi. Bu borada O‘zbekiston xalqaro hamjamiyatga, tom ma’noda, o‘rnak, namuna bo‘lmoqda.

Bugun ayollar muammolarini o‘rganish va ularni hal etish bo‘yicha 2021 yildagi amaliyotimiz to‘la o‘zini oqladi, desak xato bo‘lmaydi. O‘tgan yil davomida “Ayollar daftari” ning birinchi va ikkinchi bosqichi doirasida viloyatimizda 81 mingdan ortiq 30 yoshdan yuqori xotin-qizga amaliy yordamlar ko‘rsatildi. Uy-joyga ega bo‘lmagan, og‘ir ijtimoiy vaziyatga tushib qolgan, nogironligi bo‘lgan yoki bemor ayollar, boquvchisini yo‘qotgan oilalar bekalari, hayotda to‘g‘ri yo‘ldan adashgan ojizalar, qo‘yingki, yurtimizdagi har bir ayoldan hol-ahvol so‘ralib, muammosi bo‘lsa hal etishga ko‘maklashildi. 

“Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili” deb nomlangan 2022 yilning ilk kunlaridanoq “Ayollar daftari” ning uchinchi bosqichini amalga oshirishdek muhim vazifa belgilab olinib, hududlarda ro‘yxatni shakllantirish ishlari olib borilmoqda. 

Bu gal “Ayollar daftari”ga kiritiladigan xotin-qizlarning toifalariga o‘zgartirish kiritildi.  Endilikda ehtiyojmand xotin-qizlar 6 yo‘nalishida aniqlanadi. Ijtimoiy himoyaga muhtoj, ishsiz xotin-qizlar, tadbirkorlik qilish istagida bo‘lgan, boquvchisini yo‘qotgan ehtiyojmandlar, ijtimoiy yordamga muhtoj I va II guruh nogironligi bo‘lgan ayollar, noturar joylarda istiqomat qilayotgan, o‘zining yoki birgalikda yashovchi oila a’zolarining nomida turar joy mavjud bo‘lmagan hamda qaramog‘ida nogironligi bo‘lgan farzandi mavjud ehtiyojmand xotin-qizlar shular jumlasidandir. Shuningdek, endilikda daftarga kiritilgan barcha xotin-qizlarga huquqiy, tibbiy va psixologik yordam  ko‘rsatiladi.

Yana bir o‘zgarish, “Ayollar daftari” ga kiritiladigan xotin-qizlarga amaliy yordam berish ishlarini monitoring qilib borish maqsadida “Individual anketalar” ni yuritish tartibi kuchaytiriladi. Xususan, individual anketalarda har bir xotin-qizning barcha ma’lumotlari va qaysi toifaga kiritilganligi hamda unga kim, qachon va qanday yordam berishi aniq yoziladi. Bu anketalar tuman, shahar mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash bo‘limlari tomonidan yuritiladi.

– O‘tgan yil “Ayollar daftari” ga kiritilgan va belgilangan tartibda ijtimoiy, moddiy ko‘mak berilgan, ammo hozir ham muammosi mavjud xotin-qizlar uchinchi bosqichda ro‘yxatga kiritiladimi?

– To‘g‘ri, shunday holatlar ham kuzatilmoqda. Birinchi va ikkinchi “daftar” da qayd etilib, belgilangan tartibda doimiy ish o‘rni bilan ta’minlangan yoki doimiy daromad manbaiga ega bo‘lgan, tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘ygan xotin-qizlar uchinchi bosqichda ro‘yxatga olinmaydi. Boshqa toifadagilar ro‘yxatga olinib, ularga zarur yordam ko‘rsatiladi. Dastlabki tahlillarimizga ko‘ra, bu gal viloyatimizda 731 minga yaqin 30 yoshdan yuqori xotin-qizlar bilan yuzma-yuz suhbat o‘tkazilib, anketa-so‘rovnomalar to‘ldiriladi va eng og‘ir ahvolda bo‘lgan taxminan 70 mingga yaqin opa-singillarimiz “Ayollar daftariga” kiritilishi kutilmoqda.

– Ro‘yxatni shakllantirishda kimlar ishtirok etmoqda?

– Bunga asosan, O‘zbekiston kasaba uyushmalari federatsiyasi tomonidan biriktirilgan 22 nafar mas’ul xodim va tarmoq kasaba uyushmalari tuman va shahar kengashlarining 64 nafar raislari mas’ul etib belgilangan. Albatta, bu borada mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash boshqarma va bo‘limlari, mahalla fuqarolar yig‘inlari bilan hamkorlikda ishlayapmiz. Jarayonning qanday borayotgani respublika ishchi guruhining, Federatsiyamiz raisi Q.Rafiqovning doimiy e’tiborida. Har kunlik ishimiz tahlil etib borilmoqda.

Shuningdek, xatlov jarayonlarini sifatli amalga oshirish masalasi viloyat hokimligi tomonidan tegishli boshqarma va tashkilotlar rahbarlari, tuman va shahar hokimlari o‘rinbosarlari ishtirokida muhokama etib borilmoqda. Bu haqda viloyat Kengashi deputatlariga ma’lumot berib, xatlov jarayonlarini sifatli amalga oshirish va “Ayollar daftari” ga kiritilgan xotin-qizlar muammolarini hal etishda jamoatchilik nazoratini yo‘lga qo‘yishda ulardan yordam so‘radik. 

Hozirda viloyatimizdagi 1120 dan ortiq mahalla fuqarolar yig‘inining har birida 8 nafardan iborat ishchi guruhlar xatlov jarayonlarini olib bormoqda va ularning ishlarini muvofiqlashtirish bo‘yicha tuman va shaharlarda shtablar faoliyati ham yo‘lga qo‘yildi. Shu paytgacha uyma-uy yurish orqali 500 mingga yaqin ayolning muammolari, ehtiyojlari anketa-so‘rovnomalari asosida xatlovdan o‘tkazildi.

Keling, gapim quruq bo‘lmasin, ayrim misollarni keltirsam. Nurobod tumanidagi Saroy mahallasida istiqomat qilayotgan X.Abdurahimova turmush o‘rtog‘i nogiron bo‘lsada o‘zi ishlab, ro‘zg‘orni guldek qilib o‘tirar ekan. Qaramog‘idagi keksa qaynota va qaynonasiga ham g‘amxo‘rlik qiladi. Ammo Xolidaning kenja farzandi xasta tug‘ilgan, tug‘ma yurak nuqsoni bor. Bir ayolning topgani, yugurib-yelgani 7 jonni boqishdan ortmaydi. Ishchi guruh o‘rganishidan so‘ng, Xolida “daftar” ga kiritilib, farzandining jarrohlik amaliyoti uchun mablag‘ ajratilishi belgilandi.

Xonadonma-xonadon yurish orqali xotin-qizlar muammolarini o‘rganish ishlari olib borilgach, “Ayollar daftari” ning uchinchi bosqich ro‘yxati shakllantirilib, individual anketalar to‘ldiriladi. Shundan so‘ng ro‘yxatlar va xotin-qizlarning muammolarini hal etishga qaratilgan “Yo‘l xaritasi” loyihasi xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashiga tasdiqlash uchun taqdim etiladi.

         O‘zA muxbiri

         G‘olib HASANOV suhbatlashdi

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“Ayollar daftari” – umid, najot daftari