Ayollar bandligini ta’minlash – ustuvor maqsad
FOTOREPORTAJ
Mamlakatimizda aholining bandlik darajasini oshirish orqali kambag‘allikni qisqartirish, ayniqsa xotin-qizlarni doimiy ish o‘rinlari bilan ta’minlash chora-tadbirlari tizimli olib borilmoqda. Qoraqalpog‘iston Respublikasining chekka hududida joylashgan Taxtako‘pir tumanida ham bu borada qator yangi loyihalar bajarilyapti.
[gallery-24200]
Tumanda shu yilning birinchi yarmida mehnat yarmarkalari va “mahalla yettiligi” tashabbuslari samarasi o‘laroq 600 nafardan ziyod opa-singillarimiz doimiy ish joyiga ega bo‘ldi. Misol uchun, “Qora oy” ovul fuqarolar yig‘inida foydalanishga topshirilgan yangi tekstil korxonasida hozirda 50 nafarga yaqin ayol bandligi ta’minlangan.
Mahalliy xomashyodan yuqori sifatli eksportbop mahsulotlar ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘ygan korxonada ish sur’ati qizg‘in. Korxona mahsulotlar bugungi kunda Rossiya va Qozog‘iston davlatlariga eksport qilinyapti.
Maqsad HABIBULLAEV(surat),O‘zA