Sirdaryo viloyat oila va xotin-qizlar boshqarmasi tashabbusi bilan "Ayol –qadriyatlar davomchisi" mavzusidagi milliy marosim va urf-odatlar tanlovining viloyat bosqichi bo‘lib o‘tdi. Tanlovda shahar va tumanlardan kelgan 10 ta jamoa ishtirok etib, milliy an’analarimiz, qadriyatlarimiz va jamiyatimizdagi ayollar roli aks etgan turli shartlar bo‘yicha o‘z mahoratlarini namoyon etishdi.

Jamoalar “Vatanga muhabbat – eng muqaddas tuyg‘u”, “Onalar – millat tarbiyachisi” va “Milliy qadriyatlar – millat ko‘zgusi” kabi shartlar doirasida xalq og‘zaki ijodi, sahnaviy ko‘rinishlar, an’anaviy qo‘shiqlar va bolalar o‘yinlari orqali milliy merosimizning naqadar bebaho va boy ekanligini ko‘rsatishdi.

Tanlovni Xovos tumanining 6-umumiy o‘rta ta’lim maktabi amaliyotchi psixologi Xolida Fayzullayeva boshlab berdi. U ishtirokchilarga tanlov shartlari haqida ma’lumot bergach, tuman folklor guruhi musiqali chiqishi bilan sahnaga bayramona ruh bag‘ishladi.

Sardoba tumanidan qatnashgan 40 yillik tajribaga ega chevar Oydinoy Xoliqovaning quroq choyshab, yostiqjild, gilam va kashta to‘qimalari barchada katta qiziqish uyg‘otdi. Uning milliy an’analarga asoslangan buyumlari tomoshabinlar tomonidan iliq kutib olindi.

Boyovut tumani Gulbog‘ mahallasi ayollari ijro etgan xalqona qo‘shiq va laparlar, chanqovuz sadolari ostida kuylangan marosimlar tomoshabinlar qalbiga bag‘rikenglik va milliy ruh bag‘ishladi.

Tanlovda alohida ajralib turgan chiqishlardan biri Yangiyer shahri Navro‘zobod mahallasining “Ayajonlar” jamoasiga tegishli bo‘ldi. Ular tomonidan namoyish etilgan “Qiz uzatish”, “Chimildiq udumlari”, “Kelinsalom” kabi milliy marosimlar hayotbaxsh va tarbiyaviy mazmunga ega bo‘lib, tomoshabinlarda katta taassurot qoldirdi.

Guliston tumani jamoasi esa she’riy-kompozitsion chiqishi orqali tanlovning barcha shartlarini qamrab olishga muvaffaq bo‘ldi.

Tanlov yakuniga ko‘ra, 1-o‘rin Yangiyer shahri Navro‘zobod mahallasining “Ayajonlar” jamoasiga nasib etib, ular respublika bosqichida ishtirok etish huquqini qo‘lga kiritdi. 2-o‘rinni Guliston tumanidan “Jon qo‘shnilar” jamoasi egallagan bo‘lsa, 3-o‘rin Boyovut tumanining “Chapani ayollar” hamda Shirin shahrining “Xushovoz onalar” jamoalariga berildi.

G‘oliblar va barcha ishtirokchilarga “Tashakkurnoma”lar, kitoblar va esdalik sovg‘alari topshirildi.

G‘ulom Primov, O‘zA muxbiri

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
"Ayol – qadriyatlar davomchisi"