Joriy yilning 12-15 fevral kunlari Vatikan davlatining yagona kinofestivali –  XVI "Mirabile Dictu" kinofestivali bo‘lib o‘tdi.

Jahon kinoijodkorlari tomonidan kinofestivalga jo‘natilgan 2000 dan ortiq film ichida O‘zbekiston teleradiokompaniyasi tizimidagi “O‘zbektelefilm” davlat muassasasi tomonidan ishlab chiqarilgan "Aydinlar" badiiy filmi ushbu festivalda "Eng yaxshi film" nominatsiyasida g‘olib bo‘ldi. 

Kartinaning ssenariy muallifi – ustoz ijodkor, taniqli yozuvchi Nazar Eshonqul. Badiiy film rejissyorlari – Muzaffarxon Erkinov hamda Muzaffar Qoraboyev. 

Filmning bosh operatori - Ravshan Mirzakamolov, bastakor - Muinzoda, bosh rassom – Qaxramon Matkarimov, prodyuser- Anvarxon Arifxanov. Asosiy rollarni Armon Barakov, Guljahon Palvanniyazova, Hayitali Nizomiddiov singari aktyorlar ijro etgan. 

Shuni ham aytish kerakki, 2021 yilda "Aydinlar" filmi Bolgariya kino, televideniye va internet kommunikatsiya akademiyasi tomonidan o‘tkazilgan IX xalqaro kino-telefestivalda Gran-Priga sazovor bo‘lgan edi. 

Filmda qoraqalpoq yigitining chet elda o‘qib, yurtiga qaytishi hamda Mo‘ynoqda o‘z muhabbatini uchratib, Vatandagi yangicha o‘zgarishlarga guvoh bo‘lishiga oid sarguzashtlari tasvirlanadi.

N.Usmonova, O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“Aydinlar” filmi – xalqaro festival g‘olibi