Bobur va boburiylar Hindistonda qurib qoldirgan hashamatli saroylar, dunyo mo‘jizasi deya tan olingan Toj Mahaldek hayratlanarli inshootlar allaqachon umuminsoniy me’rosga aylangan. Ammo hind sayyohlik mutaxassislari har gal Bobur haqida so‘z boshlar ekan, dastlab bugun O‘zbekiston deb atalmish go‘zal diyor, uning qadim Axsikent va Axsi shaharlari nomini, Farg‘ona davlati podshohi Umarshayx Mirzo ismini tilga oladilar.

Sirdaryo bo‘yida eski Axsi poyida bugun uning avlod va ajdodlari yig‘ildilar. Ular hazrat Boburning tavallud kuni munosabati bilan bo‘lsada, ko‘hna Axsini yodga oldilar.

–Bobur davrida u Axsi deb atalgan. Boburning otasi shu yerda hukmronlik qilgan. Lekin mo‘g‘ullar davrida Andijon kengayib poytaxtga aylangan. Umarshayx Mirzo o‘ziga poytaxt qilib shu Axsini tanlagan, –deydi professor Abdulhamid Anorboyev. –Chunki bu, birinchidan, qadimgi Axsining buyukligidan bo‘lsa, ikkinchidan, Axsi qo‘rg‘onlari mudofasi juda kuchli bo‘lgan. Bu  haqida “Boburnoma”da ham yozib qo‘yilgan. To‘g‘ri Boburning yoshligi Andijonda o‘tgan, lekin otasi davlatni shu yerdan boshqargan. 

Anjumanda vodiyning ziyolilari, olimu shoirlari, Bobur she’riyatining ixlosmandlari so‘zga chiqib, Boburga qo‘yilgan abadiy haykal avvalo uning ijodi, she’riyati tufaylidir, dedilar. Uning g‘azallariga bitilgan qo‘shiqlar yangradi. She’rxonlik, boburxonlik avjiga chiqdi.

–Bunday ko‘ngil, shohlik bilan faqirlik orasida bir ulug‘ siymo darajasiga erishish faqat Boburga nasib qilgan, - deydi O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Namangan viloyat bo‘limi raisi Ziyovuddin Mansurov. –Buning zamirida uning zuvalasida, qonida darveshlik, shoirlik, ilohiy ilhom bor. Shoir qalbi, ijodkor yuragida oshiqona darveshlik borligi katta hikmat.

Axsi va Axsikentning tarixiy bahosi so‘nggi yillarda munosib tilga olindi, asriy dasturlar amalga oshirila boshlandi. Yaqin yillarda Sirdaryo bo‘ylari yana ko‘rkamlik kasb etadi. Axsi esa osmon ostidagi muzeyga aylanadi.

4 ta yangi ochiq osmon osti muzeylari bitish arafasida, yog‘och ustunlar o‘rnatilmoqda. Barchasi Italiyadan, Turkiyadan, Belgiyadan keltirilmoqda va ustini yopib olganimizdan so‘ng u yerning ichini arxitektorlar omma e’tiboriga havola qilishadi, – deydi Axsikent arxeologiya merosi ob’ektini muhofaza qilish va tadqiq etish direksiyasi rahbari Anvar Ikromov. – Shu kunlarda jadallik bilan juda katta anfiteatr qurilyapti, bir yarim ming o‘rinlik. Bundan tashqari Markaziy Osiyoda yagona 4 ta katta bo‘limdan iborat arxeologiya muzeyi qurilyapti. Kongresxoll, majlislar zali, katta park barpo etilyapti. Bu yerdagi qilinayotgan ishlar nafaqat bizning milliy davlatchilik tariximizni dunyoga yoyish, balki ayni damda turizm markaziga aylantirishga xizmat qiladi.

Bobur tavallud topgan kun Axsida ana shunday shodiyonalik bilan nishonlandi.

<iframe width="650" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/EdEoVnjZ76g" title="AXSI VA AXSIKENTNING QADIMIY SHUHRATI TIKLANMOQDA" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" allowfullscreen></iframe>

Muhammadjon Obidov, Elyor Olimov (video), O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Axsi va axsikentning qadimiy shuhrati tiklanmoqda