Axmedov Shuxrat Maxmutovichning qishloq xo‘jaligi fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiya ishi himoyasi to‘g‘risida
“Olmaning turli ekologo-geografik guruhlari xo‘jalik-biologik xususiyatlari va ularning seleksion qimmatligi” mavzusida
Axmedov Shuxrat Maxmutovichning 06.01.05 – “Seleksiya va urug‘chilik” ixtisosligi bo‘yicha “Olmaning turli ekologo-geografik guruhlari xo‘jalik-biologik xususiyatlari va ularning seleksion qimmatligi” mavzusidagi qishloq xo‘jaligi fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiya ishi himoyasi Toshkent davlat agrar universiteti huzuridagi DSc.05/04.03.2022.Qx.13.01 raqamli Ilmiy kengashning 2023-yil 16-sentyabr kuni soat 12:00 dagi majlisida bo‘lib o‘tadi.
Manzil: 100164, Toshkent viloyati, Qibray tumani, Universitet ko‘chasi, 2-uy. Toshkent davlat agrar universiteti.
Tel.: (+99871) 260-48-00;
e-mail: tuag_info@edu.uz