Axborot xizmati xodimlari uchun trening
FOTOREPORTAJ
Buxoroda O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Birlashgan Millatlar Tashkiloti Taraqqiyot Dasturi (BMTTD) tomonidan amalga oshirilayotgan hamda Islom taraqqiyot banki va OPEKning xalqaro taraqqiyot jamg‘armasi tomonidan moliyalashtirilayotgan “Qishloq joylarni barqaror rivojlantirish” qo‘shma loyihasi doirasida Buxoro viloyatining Buxoro, Vobkent, G‘ijduvon, Kogon, Shofirkon hamda Navoiy viloyatining Qiziltepa, Karmana, Navbahor tumanlari hokimliklarining axborot xizmati xodimlari uchun trening bo‘lib o‘tdi.
[gallery-18317]
Treningda O‘zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti PR va jamoatchilik bilan aloqalar kafedrasi professori Nargis Qosimova hamda ushbu universitet katta o‘qituvchisi Husniddin Atoyev tomonidan “Imij – investitsiya! Hokimlik mamlakat nufuzini oshirishda freyming va refreyming usullari”, “Hokimlik axborot xizmati rahbarlarining ijtimoiy tarmoqlarda axborot tarqatish texnologiyalari”, “Yangi PR matnlar bilan ishlash”, “Fotosuratga olishning texnik xususiyatlari” kabi mavzularda taqdimot va ma’ruzalar qilindi.
Tohir ISTATOV(surat),O‘zA