Poytaxtimizda axborot-kommunikatsiya texnologiyalari haftaligi doirasida o‘tkazilgan konferensiyada axborot xavfsizligi sohasidagi yangi yo‘nalishlar muhokama etildi. Unda virusga qarshi dasturiy ta’minot tizimlarini ishlab chiquvchi mutaxassislar, olimlar, vazirlik va idoralar, sanoat korxonalari xodimlari ishtirok etdi.

Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining keng tatbiq etilayotgani samarasida hayotimizda sezilarli o‘zgarishlar ro‘y bermoqda. Yuqori texnologiyalarning jadal rivojlanishi axborot xavfsizligini ta’minlash va ulardan foydalanuvchilarni mavjud kiber tahdidlardan himoya qiladigan tizimlar yaratish bilan bevosita bog‘liqdir. Birinchi Prezidentimiz Islom Karimovning 2005-yil 5-sentabrdagi “Milliy axborot-kommunikatsiya tizimlarining komputer xavfsizligini ta’minlash borasidagi qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori ijrosi doirasida mamlakatimizda axborot xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha samarali tizim yaratildi, barcha davlat organlarining kiber tahdidlarga qarshi kurashish borasidagi sa’y-harakatlari muvofiqlashtirilmoqda. O‘zbekiston Markaziy Osiyoda birinchilar qatorida axborot va kommunikatsiya texnologiyalari xavfsizligi xalqaro tizimiga qo‘shildi.

Anjumanda axborot xavfsizligi auditi, yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan tahdidlarni boshqarish, axborot tizimlari, resurslar va shaxsiy ma’lumotlar muhofazasini ta’minlash, elektron tizimlarning zaif joylarini aniqlash va nazorat qilish, axborot xavfsizligi sohasida kadrlar tayyorlash kabi dolzarb masalalar muhokama qilindi. Tadbirda jahonga mashhur Eset va LG kompaniyalari, Xalqaro elektr aloqa uyushmasi axborot xavfsizligi sohasidagi o‘z ishlanmalarini taqdim etdi. Ishtirokchilar kiber jinoyatga qarshi kurashish, kiber hujumlarning oldini olish va oqibatlarini bartaraf etish bo‘yicha ilg‘or tajriba va usullar bilan tanishdi.

O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi huzuridagi Axborot xavfsizligini ta’minlash markazi mutaxassislari axborot makonidagi tahdidlarga ishlov berish jarayoni haqida so‘zlab berdi va internet tarmog‘ining milliy segmenti xavfsizligini tahlil qildi. Bugungi kunda mamlakatimizda axborot xavfsizligi sohasida maxsus xizmatlar va kompleks texnik yechimlarni taqdim etadigan 4 kompaniya faoliyat yuritayotgani ta’kidlandi.

– Zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari “Dori-darmon” aksiyadorlik kompaniyasi faoliyatining barcha sohalariga muvaffaqiyatli joriy qilinmoqda, – deydi kompaniyaning axborot-kommunikatsiyalarni rivojlantirish markazi rahbari A.Ahmedov. – Biz axborot xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha eng yangi texnologiyalardan foydalanayapmiz, komputer bilan bog‘liq turli xavflarning oldini olish choralari ishlab chiqilgan. Axborot xavfsizligini ta’minlash maqsadida kiber tahdidlarga qarshi himoya tizimini muntazam takomillashtirib, axborot texnologiyalari mutaxassislari malakasini oshirmoqdamiz. Bunday uchrashuvlar axborot xavfsizligi borasidagi so‘nggi yangilik va yo‘nalishlardan xabardor bo‘lish imkonini bermoqda.

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Axborot xavfsizligining yangi yo‘nalishlari