O‘zbekiston – jahon tamadduni taraqqiyotiga salmoqli hissa qo‘shgan ilm-fan namoyandalari zaminidir. Yurtimizda qadimdan olimu ulamolar ardoqlangan. Ilm-fan rivojiga davlat siyosati darajasida e’tibor qaratilgan. Ilm-fan – insoniyatning buguni va kelajagini belgilashda muhim o‘rin tutadi, taraqqiyotga bevosita ta’sir ko‘rsatadi. Aholi ehtiyojlarini qondirish barobarida, hayotini yanada farovon qiladi, eng muhimi, zamonaviy, ishonchli xizmat ko‘rsatadi. Iqtisodiyot rivojining jadalligini ta’minlaydi.

Innovatsion salohiyat jamiyat ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishida imkoniyatlarni kengaytiradi, kapital va tabiiy resurslarni tejaydi. Ilm-fan taraqqiyoti hamda inson kapitali faolligi qanchalik yuqori bo‘lsa, jamiyatda ham shuncha yuqori darajali innovatsion salohiyat vujudga keladi.

Prezidentimizning ilm-fan ahli bilan muntazam uchrashib, mamlakatimizda ilmiy salohiyatni oshirishga alohida e’tibor qaratayotgani muhim ahamiyatga ega. 

Ilm-fan – har qanday davlatni rivojlanishga yetaklovchi asosiy kuch hisoblanadi. Davlatning rivojlanishini fan taraqqiyoti orqali baholash juda ham o‘rinli. Shu bois O‘zbekiston uchun ilm-fan taraqqiyoti farovonlik va barqarorlik yo‘lidagi muhim qadamlardan biridir. Konstitutsiyamizda davlat jamiyatning ilmiy va texnikaviy rivojlanishiga g‘amxo‘rlik qilishi bejiz qayd etilmagan. Tarixdan o‘zbek jamiyatida ilmga hurmat va ehtirom an’ana sifatida saqlanib kelgan. Buyuk bobomiz Imom Buxoriy aytganidek: “Dunyoda ilmdan boshqa najot yo‘q va bo‘lmagay”.

Mamlakatimizda ilm-fanni yanada ravnaq toptirish,  raqobatbardosh iqtisodiyotni rivojlantirishning ilmiy-innovatsion va yuqori texnologik formatiga o‘tish hamda ilmiy tadqiqotlar va erishilgan natijalarni ommalashtirish muhim o‘rin tutadi.

Bugungi kunda ilmiy jurnalistika yoki ilmiy-ommabop jurnalistika juda dolzarbdir, chunki u jamoatchilik fikrini shakllantirish va ilm-fan yutuqlarini tushunishda muhim rol o‘ynaydi. U murakkab ilmiy tadqiqotlar va keng auditoriya o‘rtasida ko‘prik bo‘lib, ma’lumotni hamma uchun ochiq va tushunarli qiladi. 

Ommaviy axborot vositalari bozoridagi keskin raqobat sharoitida ilmiy jurnalistika sohasining, ushbu yo‘nalishning dolzarbligiga qaramasdan, o‘rni ochiq qolmoqda. 

Ilmiy hamjamiyatda obro‘ga ega va ob’ektiv murakkab masalalarni, mubolag‘asiz, aniq taqdim eta oladigan ilmiy jurnalistlar soni barmoq bilan sanarli.

Aytish joizki, ilm-fanni rivojlantirish, ommalashtirish vazifasi zamonaviy jurnalistikaning eng muhim ijtimoiy vazifasidir.

Ilm-fanni ommalashtirish, fundamental, amaliy tadqiqotlarga, olimlarning, ilmiy tadqiqotchilarning ijobiy imijini shakllantirish, jamoatchilikning ilm-fanga qiziqishini oshirish, soxta, distruktiv ma’lumotlarning, tushunchalarning tarqalishiga asosiy to‘siq bo‘lishi mumkin bo‘lgan ilmiy jurnalistika yo‘nalishini rivojlantirish zaruratga aylanib bormoqda. 

Bugungi kunda soxta, distruktiv ma’lumotlarning, tushunchalarning tarqalishiga qarshi kurashda keng jamoatchilik hamda jurnalistlar hamjamiyatining hamkorlikdagi faoliyatlarida yangi yondashuvlarni qo‘llashni taqozo etmoqda.

Ilmiy jurnalist ilm-fan, innovatsiyalar, texnologiyalar va keng jamoatchilik o‘rtasida vositachi, kommunikator va ilm-fanni ommaboplashtirish uchun xizmat qiladi. Shu bois axborot muhitida ommaviy muloqot jurnalistikaning strategik muhim yo‘nalishi bo‘lib, jurnalistlarning ilm-fanni qanday yoritishi, olimlar bilan muloqotda o‘zini qanday tutishi katta ahamiyatga ega.

Ilm-fan dunyo qanday ishlashini tushuntiradi, g‘oyalar, tushunchalar va nazariyalarni ishlab chiqadi, muayyan voqelik tizimlarining tashkil etilishini aniqlaydi va tushuntiradi. Inson bu bilimdan hayotida foydalanadi. Ammo, jurnalistlar, olimlar va keng jamoatchilik o‘rtasida ko‘prik bo‘lish (qurish) yo‘lini topmasa, ilm-fan yopiq, noma’lum ob’ekt bo‘lib qoladi. 

Biz ko‘pincha ommaviy axborot vositalaridan hayratlanarli kashfiyotlar haqida bilib olamiz, lekin ushbu hayratlanarli kashfiyotlar haqida ma’lumot manbalariga havolalar mavjudligiga, ushbu kashfiyot natijalarini qanday sinovdan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi ma’lumotlarga e’tibor beramizmi, olimlar, mutaxassislar sharhlari bilan qiziqamizmi? Bu savollarni nafaqat media-savodxon auditoriya, balki, birinchi navbatda, afsuski, har doim ham ma’lumot oluvchiga bunday havolalarni bermaydigan jurnalistlarning kompetensiyalari haqida o‘ylab ko‘rishimiz kerak deb hisoblaymiz.

Albatta, jiddiy ilmiy yangiliklarni oddiy ma’lumot oluvchiga adekvat va ob’ektiv yetkazish – qiyin vazifa.  Shu o‘rinda, jahonga mashhur fizik olim Stiven Xokingning (Stiven Uilyam Xoking 1942-2018 yy. Fizik, astrofizik, kosmolog, yozuvchi) “Kitobga kiritilgan har bir formula o‘quvchilar sonini ikki baravar kamaytiradi”,degan fikrini keltirib o‘tish lozim. Stiven Xoking vaqtning qisqacha tarixi va koinotning tuzilishini keng ommaga tushunarli tilda taqdim etishga muvaffaq bo‘lgan. 

Fikrimizcha, O‘zbekiston jurnalistikasi o‘zining ilmiy jurnalistlar maktabini shakllantirishi kerak. Umumiy, tayanch kompetensiyalar ushbu yo‘nalishda samara berishi amrimahol, buning uchun ilmiy jurnalistlar ilm-fan, ilmiy tadqiqotlar, innovatsiyalar yo‘nalishlarini tushunish, ilmiy aloqalarni o‘rnatish,  axborot manbalari bilan ishlash va faktlarni tekshirish qobiliyatlariga ega bo‘lish, ilmiy matnlarni tarjima qilish (adabiy tilga o‘girish), ijtimoiy ahamiyatga ega fan va texnika sohasidagi mavzularni aniqlash malakalariga ega bo‘lish talab etiladi. 

Ilmiy ishlanmalarni ilmiy-ommabop materialga o‘girish sintaksisi oddiy bo‘lishi kerak, chunki ilmiy terminologiyalar mohiyatni o‘quvchiga sodda, ommabop tilda yetkazish kerak. Yoddan chiqarmaslik kerakki, ilmiy ishlanmalarni soddalashtirishda ilmiylik mantig‘i va ketma-ketligiga alohida e’tibor berish talab etiladi. 

Mashhur matematik olim Xanna Frayning (Xanna Fray 1984 y. Математик, yozuvchi, tele- va radio boshlovchi) uch yuz sahifalik “Hello world” "Salom dunyo" kitobida murakkab jumlalar deyarli yo‘q, lekin muallif neyron tarmoqlar va murakkab algoritmlarning tuzilishini oddiy, sodda tilda tushuntirib bergan. 

Ishonchli, ishonchsiz axborotning haddan tashqari ko‘pligi sharoitida ilmiy va ilmiy-ommabop materiallarga talab ortib bormoqda. Buni pandemiya davrida yaqqol kuzatdik, pandemiya fonida ilm-fan va uning yutuqlari haqida ishonchli ma’lumotlarga bo‘lgan ehtiyoj juda sezildi. Yodimizda, shu davrda yetarli ilmiy salohiyatga ega mutaxassislar ommaviy axborot vositalarida kasallik haqida ilm-fan nuqtai nazaridan sharhlar berib, ko‘pgina noxush holatlarni, keraksiz vahimalarni oldini olishdi.

Ilm-fan haqida yozuvchi jurnalist siyosiy sharhlovchi yoki iqtisodiy tahlilchi kabi yuqori malakali mutaxassisdir.

Rivojlangan jamiyatda ilm-fan kuchli, jamiyat rivojlanishida beqiyos o‘ringa ega bo‘lgan ijtimoiy institutdir, u o‘z faoliyatida ilm-fanning barcha yo‘nalishlarini qamrab olgan hamda o‘z kommunikatsiyalariga egadir. Lekin afsuski, ilmiy kommunikatsiyalar, ommaviy axborot vositalari, ommaviy kommunikatsiyalar tizimiga yetarli darajada integratsiya, transformatsiya qilinmagan.

Jurnalistika nazariyasida “ilmiy jurnalistika” va “ilmiy-ommabop jurnalistika” tushunchalari ko‘pincha sinonim, bir-birini almashtiruvchi sifatida qo‘llaniladi va ilm-fan taraqqiyoti aks ettirilgan axborotlarni alohida segmentda yoritishga xizmat qilishi kerak. 

Jamiyat rivojlanishida, “ilmiy kontent yaratish” insoniyatning yashash sharoitlarini o‘zgartirishga imkon beradi, ilm-fanning yutuqlarini hayotga tatbiq etilishi tezlashtiradi. Ilm-fan yutuqlarini ommalashtirish ilm-fanga qiziqishni shakllantiradi, odamlarni bu sohani rivojlantirishga, insoniyat sivilizatsiyasini olg‘a siljitishga undaydi.

Ilm-fan – nafaqat innovatsion texnologiyalar, kashfiyotlar, ixtirolar va b., balki insonning noyob fikrlash usulidir. Shu sababli, ilmiy tadqiqotchilarning yutuqlari barcha yoshdagi odamlarni bilim olishga va turli muammolarning nostandart yechimlarini topishga ilhomlantiradi, tadbirkorlarni, biznes vakillarini ilm-fanni rivojlantirishga sarmoya kiritishga undaydi. 

Biroq ilm-fan terminlar, atamalar va raqamlar tilida gapiradi, bu esa ko‘p hollarda ko‘pchilik tomonidan idrok etilishiga to‘sqinlik qiladi. Ushbu qiyinchilikni bartaraf etishga jurnalistlar yordamga kelishi va olimlarning yutuqlarini keng ommaga yetkazishga xizmat qilishi zarur.

Ilmiy kontent, umuman ilmiy jurnalistika an’anaviy ta’limdagi ayrim to‘siqlarni, bo‘shliqlarni yo‘q qiladi, ta’limni darsliklar, o‘quv materiallari va ma’ruzalardan tashqariga kengaytiradi. Ilmiy jurnalistika ilmiy-amaliy tadqiqotlarni rag‘batlantiradigan dinamik va interaktiv tajribani taqdim etadi. Bu tajriba o‘quvchi-yoshlarga ilmiy tamoyillarni o‘rganish, his qilish va tajriba o‘tkazish imkonini beradi, mavzuni chuqurroq tushunishga yordam beradi. 

Ilmiy kontent, ilmiy jurnalistika ta’limda STEAM texnologiyasini – Science, Technology, Engineering,  Art and Mathematics, ya’ni fan, texnologiya, muhandislik, san’at va matematika sohalarini o‘rganish va rivojlanishida katalizator vazifasini bajaradi. 

Ilmiy jurnalistika, ilmiy ma’lumotlarni ommalashtirish, soddalashtirish va ilmiy aniqlik o‘rtasidagi nozik muvozanatni topishdan iborat bo‘lishi zarur. Murakkab ilmiy tushunchalarni ommabop tilga tarjima qilish, haddan tashqari soddalashtirish ilmiy tadqiqotning mohiyatini buzib qo‘yishidan ehtiyot bo‘lish kerak. 

Shuningdek, ilmiy jurnalistlar ilm-fan sohasida olib borilayotgan tadqiqotlarning maxfiyligini saqlash uchun axloqiy javobgarlikka ega bo‘lishi zarur. 

Albatta, sun’iy intellekt va avtomatlashtirish ilmiy jurnalistikaning kelajagida muhim rol o‘ynaydi. Sun’iy intellektga asoslangan algoritmlar katta ma’lumotlar to‘plamini tahlil qilishi, paydo bo‘layotgan ilm-fan tendensiyalarni aniqlashi va hatto, dastlabki yangiliklar hisobotlarini yaratishi mumkin. Sun’iy intellekt ilm-fan taraqqiyotining ba’zi jihatlarini tezlashtirishi mumkin bo‘lsa-da, ilmiy jurnalistlarning ma’lumotlarini sharhlash, o‘rganish, axloqiy nazoratni ta’minlashdagi o‘rnini bosa olmaydi.

Milliy ilmiy kontentni ishlab chiqish, ijtimoiy institut sifatida ilm-fanning yaxlitligi, avtonomiyasi va ishonchliligini ta’minlaydi. Ushbu kontent ilmiy faoliyatning umumiy sub’ektini tashkil etuvchi olimlarning bevosita va bilvosita muloqoti shaklida amalga oshiriladi va keng ommaga axborot makonida aloqa vositasi sifatida ishlaydi. 

Bilvosita ilmiy muloqotning asosiy vositalari, kanallari nafaqat sohaga ixtisoslashgan ilmiy jurnallar, balki boshqa ilmiy nashrlar – ilmiy ishlar to‘plamlari, monografiyalar, ilmiy-uslubiy qo‘llanmalar, dissertatsiya va ularning avtoreferatlari, ilmiy konferensiyalar ma’ruzalarining tezislari, elektron yoki bosma shakldagi konferensiya materiallari bo‘ladi. Ilmiy jurnalistlar sanab o‘tilgan manbalarni tahlil qilib, keng ommaga yetkazishlari talab etiladi.

Ilmiy nashrlar va ilmiy davriy nashrlar – ilmiy faoliyatning vositasi va natijasi bo‘lib, ilm-fan rivoji uchun muhim, turli ilmiy muammolarni chuqur va har tomonlama o‘rganish va hal etish imkonini beradi, lekin ularni ijtimoiy kontekstga tezkorlik bilan kiritish imkonini bermaydi. Ilmiy nashrlar va ilmiy-davriy nashrlarning yana bir jihati borki, jamiyatni ilmiy meros asarlari mazmuni bilan tanishtiradi. 

Ilmiy nashrlarning mavzulari deyarli cheksizdir – ular ilm-fanning har qanday sohasini, har qanday masalalarini aks ettirishi mumkin. Milliy ilmiy kontentda, ilmiy nazariyalar, qonuniyatlar, individual kashfiyotlar, muayyan tajriba tavsifi, fan yoki ilmiy yo‘nalishning genezisi, munozarali masalalar, har qanday qonuniyat va qoidalarni tanqid qilish mumkin bo‘ladi. Kontentda tadqiqot usullari, eng muhim kashfiyotlar tarixi, yangi hodisalar, tabiat va jamiyat taraqqiyoti qonuniyatlari nashr etiladi, ma’lum faktlar yangicha pozitsiyalar, qarashlarda yoritiladi.

Shu o‘rinda, O‘zbekiston jurnalistikasida (rivojlangan davlatlar qatorida) ilmiy jurnalistikaning o‘rni bo‘lishini xohlar edik. Avvalambor, Oltin qalam” Milliy mukofoti xalqaro tanloviga ilmiy, ilmiy-ommabop yo‘nalishni kiritish maqsadga muvofiq bo‘ladi. 

Ilm-fan yutuqlarga tobora ko‘proq tayanadigan dunyoda ilmiy jurnalistikaning o‘rni har qachongidan ham muhimroq. U bizni kashfiyotlar, yutuqlar va innovatsiyalar oqimidan to‘g‘ri, o‘z vaqtida xabardor bo‘lib borishga xizmat qiladi. 

Sarvar Mahmudov,

pedagogika fanlari doktori

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Axborot makonida ilmiy kontentni yaratish – ilm-fanga qiziqishni shakllantirishning asosi