Toshkentda axborot-kommunikatsiya texnologiyalari bo‘yicha milliy sammit – “AKT-sammit – 2015” bo‘lib o‘tdi. Unda mamlakatimizda axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasini rivojlantirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar sarhisob qilinib, tarmoqning galdagi strategik vazifalari muhokama qilindi.

O‘zbekiston Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri X.Mirzohidov, BMTning mamlakatimizdagi doimiy muvofiqlashtiruvchisi va BMT Taraqqiyot dasturining doimiy vakili S.Prisner va boshqalar O‘zbekistonda Prezident Islom Karimov rahnamoligida axborot-kommunikatsiya sohasida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar samarasida tarmoqning jadal rivojlanishiga erishilayotganini ta’kidladi. Prezidentimizning 2013-yil 27-iyundagi «O‘zbekiston Respublikasining Milliy axborot-kommunikatsiya tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarori mamlakatimiz axborot resurslari, tizimlari va tarmoqlarini yanada taraqqiy ettirishga xizmat qilmoqda. Ushbu hujjat bilan tasdiqlangan 2013-2020-yillarda O‘zbekiston Respublikasining Milliy axborot-kommunikatsiya tizimini rivojlantirish kompleks dasturi mamlakatimizda «elektron hukumat»ni shakllantirish va keng qo‘llashning muhim asoslaridan biriga aylandi.

Ushbu tizim samarali amalga oshirilgani tufayli tadbirkorlik subyektlari soliq, statistik hisobotlar hamda bojxona deklaratsiyalarini elektron shaklda topshirmoqda va rasmiylashtirmoqda. Elektron hujjat almashish jadal rivojlanmoqda. Elektron raqamli imzodan foydalanuvchilar soni 1,4 millionga yetdi.

«Elektron hukumat»ni rivojlantirish bo‘yicha loyihalarni amalga oshirish doirasida davlat organlari faoliyatiga axborot-kommunikatsiya texnologiyalari muvaffaqiyatli joriy etilmoqda. Ayni paytda Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali tomonidan 250 dan ortiq xizmat ko‘rsatilmoqda. Joriy yil boshidan buyon portal foydalanuvchilari tomonidan interaktiv davlat xizmatlarini olish uchun 320 mingdan ortiq ariza kelib tushgan.

– O‘zbekistonda «elektron hukumat»ni rivojlantirishda erishilayotgan muvaffaqiyatlar axborot jamiyatini shakllantirish va yanada takomillashtirishga yo‘naltirilgan davlat islohotlarining samaradorligidan dalolat beradi, – deydi BMT Iqtisodiy va ijtimoiy masalalar departamentining «elektron hukumat» bo‘yicha mintaqalararo maslahatchisi Richard Kerbi. – O‘zbekistonda o‘tkazilayotgan AKT sammitlarida uchinchi bor ishtirok etyapman va interaktiv davlat xizmatlari soni ortib, sifati yuksalayotgani guvohi bo‘ldim.

Tadbir milliy va xorijiy ekspertlarda katta qiziqish uyg‘otdi. Unda mamlakatimiz va AQSh, Belgiya, Buyuk Britaniya, Isroil, Rossiya Federatsiyasi, Mo‘g‘uliston kabi xorijiy davlatlardan 350 dan ortiq delegatning ishtirok etgani ham buning yorqin tasdig‘idir.

Sammit ishtirokchilari iqtisodiyotning turli tarmoqlari va jamiyat hayotiga axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etishning dolzarb masalalarini muhokama qildi. IT-industriya strategiyasi va uni rivojlantirish, texnologiyalar va infratuzilmalarni takomillashtirish, yangi ilovalar va yechimlar ishlab chiqishga doir masalalar ko‘rib chiqildi.

O‘zbekiston Respublikasi mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vaziri A.Abduhakimov yig‘ilganlarga mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish sohasiga axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish samaradorligi va istiqbollari xususida axborot berdi. Ayni paytda vazirlikning 40 xizmati elektron shaklga o‘tkazilgan. Bu xizmatlar sifatini sezilarli darajada oshirdi. Aholi bilan bilvosita aloqa qilish shaklining afzalliklari vazirlikka kelib tushayotgan murojaatlarning soni o‘sishida ham o‘z aksini topdi.

Sammit doirasida tarmoq mutaxassislari, davlat organlari, xalqaro tashkilotlar va xususiy sektor vakillari mamlakatimizda «elektron hukumat» tizimi va axborot jamiyatini rivojlantirish masalalarini chuqur tahlil qilib, bu borada xorijiy tajribalar bilan tanishdi, yangi sheriklar topish, yurtimizda axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini yanada joriy etish uchun qo‘shimcha investitsion resurslar jalb etish imkoniga ega bo‘ldi. 

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Axborot-kommunikatsiya sohasi jadal rivojlanmoqda