Axborot hamkorlarimiz nigohida – Yangi Özbekiston
Mazkur ruknda ÖzAning xorijiy hamkorlari sahifalarida eʼlon qilinayotgan Yangi Özbekistonga oid xabar, kuzatuv va baholar berib boriladi. Mamlakatimizdagi ijtimoiy islohot, xalqaro hamkorlik, texnologiya diplomatiyasi, madaniy aloqa va sarmoyaviy loyihalar xalqaro axborot makonida qanday yoritilayotgani aks etadi.
Kazinform: Özbekiston va Qozoğiston xavfsizlik sohasidagi hamkorlikni kuçaytirmoqda

“Kazinform” axborot agentligi Özbekiston va Qozoğiston Xavfsizlik kengaşlari vakillarining Çimkent şahrida bölib ötgan maslahatlaşuviga eʼtibor qaratdi. Maqolada kiber jinoyatçilik, terror, sunʼiy intellekt va raqamli texnologiya bilan boğliq yangi tahdidlarga qarşi kuraşiş, transçegaraviy suv resurslarini boşqariş sohasidagi hamkorlik masalasi tahlil qilingan. Şuningdek, uçraşuv yakunida hamkorlik protokoli imzolangani qayd etilgan.
Anadolu: Özbekiston va Turkiya hamkorlikni yangi bosqiçga olib çiqmoqda

Turkiyaning “Anadolu” axborot agentligi Özbekiston va Turkiya Prezidentlarining Anqaradagi uçraşuviga alohida töxtaldi. Maqolada davlat rahbarlari ikki tomonlama munosabat, savdo, investitsiya va mudofaa sohalarida 5 muhim bitim imzolagani, tovar ayirboşlaş hajmini qisqa muddatda 5 milliard dollarga yetkaziş maqsadi belgilangani taʼkidlangan.
APP: Özbekistonning xalqaro taşabbuslari va hamkorlik aloqalari

Pokistonning “Associated Press of Pakistan” agentligi Özbekistonning xalqaro maydondagi taşabbuslari va aloqalarini izçil yoritib boradi. Bu gal naşr YUNESKO Ijroiya kengaşi mamlakatimizning madaniy merosni asraş böyiça taşabbusini bir ovozdan maʼqullagani va şu munosabat bilan Xivada xalqaro simpozium ötkazilişi haqida yozdi.
Şu bilan birga ikki davlat taşqi işlar vazirlari telefon muloqoti hamda mamlakatimizning Şanxay hamkorlik taşkiloti Hukumat rahbarlari kengaşiga raisligi mavzulariga ham töxtalib ötilgan. Qolaversa, Toşkentda ötkazilgan Xalqaro taʼlim forumi doirasida Pokistonning mintaqaviy akademik hamkorlik böyiça pozitsiyasi va Sind viloyatida Özbekiston faxriy konsuli tayinlangani haqida alohida maqolalar eʼlon қилинди.
AzerTAJ: Özbekiston va Ozarbayjon geologiya va moliyaviy sohalarda
hamkorlikni kengaytirmoqda

“AzerTAJ” agentligi Toşkentda ötkazilgan “Mining Metals” körgazmasida “Azer Gold” kompaniyasining iştiroki hamda qöşma geologiya-qidiruv loyihalari haqida xabar berdi. Şuningdek, Özbekiston va Ozarbayjon Markaziy banklari örtasida kiber xavfsizlik hamda moliyaviy xatarni boşqariş böyiça tajriba almaşiş yölga qöyilgani qayd etilgan.
BelTA: Özbekiston va Belarus kino sohasidagi hamkorlikni rivojlantirmoqda

Belarusning “BelTA” axborot agentligi Minsk şahrida ötkazilgan “Listapad” kinofestivali doirasida Özbekiston davlat sanʼat va madaniyat instituti prorektori Baxtiyor Yoqubovning iştirokini yoritdi. Maqolada ekspertning mazmunli kino yaratişda xalqaro hamkorlik hamda inson qadriyatini aks ettiruvçi filmlar örni haqidagi fikri keltirilgan.
Fardona Yaxşiboyeva, ÖzA