So‘nggi yillarda diyorimizda amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlar, siyosiy va iqtisodiy ochiqlikka qaratilgan tashabbuslar xalqaro jamoatchilik diqqat-e’tiborini tortmoqda.

Har qanday yangilikni dunyo afkor ommasiga yetkazishda axborot maydoni, xususan ommaviy axborot vositalarining o‘rni beqiyos. Zero, hamkasblarimiz nafaqat xabar tarqatadi, balki jamiyat kayfiyatini uzatadi, islohotlarga nisbatan munosabat uyg‘otadi, davlat va jamoatchilik o‘rtasida ko‘prik vazifasini o‘taydi.

Mazkur ruknda O‘zAning xorijiy hamkorlari sahifalarida e’lon qilinayotgan Yangi O‘zbekistonga oid xabarlar, kuzatuv va baholar berib boriladi. Bu jarayon nafaqat xorijiy media vakillari nuqtai nazarini, balki o‘lkamiz haqidagi haqqoniy tashqi qarashlarni ham umumlashtiradi. Shu tariqa mamlakatimizning taraqqiyot yo‘li, ochiq siyosati va islohotlari xalqaro axborot makonida qanday tahlil qilinayotgani haqida muayyan tasavvur hosil qilish mumkin.

APP: “O‘zbekiston havo yo‘llari” 14 iyundan “Toshkent-Islomobod” yo‘nalishini ochadi

Pokistonning “Associated Press of Pakistan – APP” axborot agentligi yozishicha, ikki do‘st davlat o‘rtasidagi havo aloqalarini kengaytirish maqsadida “O‘zbekiston havo yo‘llari” milliy aviakompaniyasi joriy yil 14 iyundan boshlab “Toshkent-Islomobod” yo‘nalishi bo‘yicha to‘g‘ridan-to‘g‘ri reys yo‘lga qo‘yadi.

Har shanba qatnaydigan yangi yo‘nalish O‘zbekiston va Pokistonning ko‘p yillik sherikligini mustahkamlash, turli sohalardagi hamkorlikni chuqurlashtirish bo‘yicha umumiy manfaatni ifodalaydi.

– Bu to‘g‘ridan-to‘g‘ri parvoz o‘zaro munosabatdagi strategik taraqqiyotni ko‘rsatadi va ikki mintaqa o‘rtasida infratuzilmani, savdo-sotiq, energetika sohasidagi hamkorlikni rivojlantirish, sayyohlar almashinuvi ko‘lamini kengaytirishga qaratilgan Markaziy va Janubiy Osiyoni birlashtirish tashabbusi maqsadiga mos, – deyilgan maqolada.

“O‘zbekiston havo yo‘llari” hozir hafta o‘tib, chorshanba va juma kunlari Lahorga to‘g‘ridan-to‘g‘ri reys amalga oshirmoqda. Bu aloqalar Pokistonning yirik shaharlarini nafaqat O‘zbekiston, balki butun Markaziy Osiyo va boshqa mintaqalar bilan ham bog‘lab, kompaniya mavqeini oshirishga xizmat qiladi.

– Bu yo‘nalish shunchaki transport aloqasi emas, balki chuqur iqtisodiy integratsiya, madaniy almashinuv va strategik sheriklik uchun darvoza sifatida umumiy qadriyat, bir-birini to‘ldiradigan manfaat va uzoq tarixga ega hamkorlik birlashtirgan ikki davlat munosabati kuchayib borayotganidan dalolat, – deya xulosa qilgan muallif.

Kabar: Qirg‘iziston va O‘zbekiston turizm sohasidagi hamkorlikni kengaytirmoqda

O‘sh shahrida o‘tkazilgan “Salom O‘sh-2025” II-Xalqaro sayyohlik ko‘rgazmasi Qirg‘iziston va O‘zbekiston o‘rtasida turizm va hunarmandlik sohasidagi hamkorlikni mustahkamlashga qaratildi, deb yozdi Qirg‘iz Respublikasi “Kabar” axborot agentligi.

Xabarda aytilishicha, Farg‘ona viloyatidagi “Mingboshi Ceramix” va “Silk Vats” korxonalari tomonidan sopol va ipak mahsulotlari namoyish etilgani ishtirokchilarda jiddiy qiziqish uyg‘otgan.

– O‘sh davlat universitetida bo‘lib o‘tgan turizm forumida Qirg‘iziston, O‘zbekiston, Qozog‘iston va Xitoy vakillari sohani rivojlantirish yuzasidan fikr almashdi, – deyilgan maqolada. – Tadbir davomida mahalliy va O‘zbekistonning Navoiy viloyati hokimliklari o‘rtasida memorandum imzolangan.

Shuningdek, forumda O‘sh shahrida kulolchilikni rivojlantirish va hunarmandlik maktabi ochish masalasi muhokama qilindi. Qirg‘izistonda istiqomat qiluvchi o‘zbek millatiga mansub yoshlarni Rishtonga malaka oshirishga yuborish tashabbusi ko‘tarildi. O‘sh shahri hokimi Jenishbek Toktoraliyev mazkur tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlab, tegishli tadbirlarni boshlash bo‘yicha tegishli mas’ullarga ko‘rsatma berdi.

Mutaxassislar qayd etishicha, turizm yo‘nalishi Qirg‘iziston va O‘zbekiston iqtisodiyotida muhim sohaga aylanmoqda.

ANSA: Lombardiya va Samarqand viloyatlari hamkorligi

Italiyaning ANSA axborot agentligi Lombardiya viloyati rahbari Attilio Fontana O‘zbekistonga safari davomida Samarqand viloyati hokimi vazifasini bajaruvchi Adiz Boboyev bilan uchrashganini yoritdi.

Xabarda ta’kidlanishicha, gubernator uchun bu voqea “ikki viloyat o‘rtasida boshlangan samarali hamkorlikni tizimli olib borish uchun keng imkoniyat”dir.

– Ulkan salohiyatga ega sohalar qatori iqtisodiy-tijoriy, ilmiy, madaniy, sayyohlik, sog‘liqni saqlash singari strategik sektorlar borki, bu borada kompaniyalarimizning boy tajribasi umumiy taraqqiyotni harakatlantiruvchi kuchga aylanishi mumkin, – dedi Fontana muloqot chog‘ida.

Kazinform: O‘zbekiston 2028 yilgacha koinotga o‘z sun’iy yo‘ldoshini uchiradi

O‘zbekistonda 2028 yilgacha ilmiy-texnik sun’iy yo‘ldoshni koinotga chiqarish rejalashtirilmoqda. Bu haqda “O‘zbekkosmos” agentligi direktori o‘rinbosari Muhiddin Ibrohimov Qozog‘istonning “Kazinform” axborot agentligi muxbiriga ma’lum qildi.

– Joriy yil mamlakatimizdan 7 nafar talaba Yaponiyaning Kyushu texnologiya instituti magistraturasiga yuboriladi, – dedi mulozim. – Ular 2027 yilgacha davom etadigan o‘qishi davomida sun’iy yo‘ldosh loyihasini ishlab chiqadi. Ayni payt samoga sun’iy yo‘ldosh uchirish uchun tegishli kompaniyalar bilan shartnoma tuzish zarur. Rejamizga ko‘ra, O‘zbekiston 2028 yilgacha o‘z sun’iy yo‘ldoshini koinotga olib chiqadi. Hozir ‘SpaceX” kompaniyasi bilan muzokara olib boryapmiz. Dunyo mamlakatlari o‘z sun’iy yo‘ldoshlarini koinotga olib chiqish vaqtini allaqachon belgilab, 2-3 yil oldindan buyurtma ham berib qo‘ygan. Bundan tashqari raketa uchirish imkoniyati ham cheklangan. Xullas, masalaning hamma tomoni e’tiborga olinishi kerak.

O‘tgan yil mamlakatimiz kosmosni tadqiq qilish bshyicha xalqaro shartnomaga qo‘shilgan.

Xinhua: O‘zbekiston 2026 yil JSTga a’zo bo‘lishni maqsad qilgan

Xitoy Xalq Respublikasi “Xinhua” axborot agentligi Toshkentda o‘tkazilgan xalqaro investitsiya forumini yoritarkan, davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyevning O‘zbekiston 2026 yil Jahon savdo tashkilotiga a’zo bo‘lishni maqsad qilgani haqidagi nutqiga alohida e’tibor qaratdi.

Maqolada Prezident global ishlab chiqarish zanjirida har bir davlat uchun teng sharoit ta’minlash zarurligini ta’kidlaniga urg‘u berilgan.

– Eng avvalo, bir narsaga e’tiboringizni qaratmoqchiman: global ishlab chiqarish zanjirlarida har bir davlat uchun teng sharoitni ta’minlaydigan ishonchli qoidalar bo‘lishi shart va zarur. Hech shubhasiz, bu borada Jahon savdo tashkilotining alohida o‘rni bor. Shu bois, kelgusi yilda ushbu Tashkilotning a’zosiga aylanish bo‘yicha oldimizga maqsad qo‘yganmiz va bu borada hamkorlarimiz bilan faol ishlayapmiz. Buning uchun o‘nlab qonun, yuzlab standartlarni xalqaro talablarga moslashtirdik va bu ishlarni shu yil to‘liq yakuniga yetkazamiz, – deya O‘zbekiston yetakchisining nutqidan iqtibos keltirgan nashr.

SPA: O‘zbekiston ilk bor futbol bo‘yicha “JCH-2026”ga yo‘llanma oldi

Abu-Dabidagi “Al Nahayon” stadionida Osiyo qit’asi saralash 3-bosqichi so‘ngi o‘yinida BAA bilan durangga erishgan futbol bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi o‘z tarixida ilk bor Jahon chempionatiga yo‘llanma oldi. Bu haqda Saudiya Arabistoni SPA axborot agentligi xabar bergan.

– O‘zbekiston ochkolari sonini 21 taga yetkazdi va guruhda birinchi o‘rinni egallagan Erondan ikki ochko ortda qoldi, – deyilgan maqolada.

Shuningdek, manbada BAA va Qatar terma jamoalari 3-4-o‘rinlarni egallab, qit’a pley-off bosqichi yo‘llanmasiga ega bo‘lgani ta’kidlangan.

Trend: Ozarbayjonda O‘zbekiston Milliy markazi tashkil etiladi

Ozarbayjon va O‘zbekiston iqtisodiy-sarmoyaviy aloqalari izchil rivojlanmoqda, biroq mavjud imkoniyatlar hali to‘liq ro‘yobga chiqmagan. Bu haqda Toshkent shahri hokimi o‘rinbosari Sharof Rahmonov IV Toshkent xalqaro investitsiya forumi doirasidagi “Ozarbayjon – O‘zbekiston: iqtisodiy sheriklik vektori” sessiyasida so‘zlagan nutqida aytib o‘tgan, deya xabar bermoqda “Trend” axborot agentligi.

– Hozir Toshkentda Ozarbayjon kapitali ishtirokida 200 ga yaqin korxona faoliyat yuritayotganini ta’kidlash o‘rinli, Bokuda ham taxminan shuncha o‘zbek kompaniyasi ro‘yxatdan o‘tgan, – dedi Sh.Rahmonov.

Shuningdek, u faol sayyohlik almashinuviga ham e’tibor qaratgan. Ikki yirik loyiha – Bokudagi O‘zbekiston milliy markazi va Toshkentdagi Ozarbayjon milliy markazi qurilishi boshlanganiga urg‘u bergan.

– Ushbu muhim tashabbuslarni hayotga tatbiq etishda har ikki tomon tadbirkorlari ishtirok etadi. Mamlakatlarimiz ramziga aylanajak markazlar hududida istirohat bog‘i, savdo-ko‘ngilochar majmuasi, turar-joy mavzelari barpo qilinadi, – deya Toshkent hokimi o‘rinbosari ma’ruzasidan iqtibos keltirgan nashr.

Anadolu: O‘zbekiston – Gazipasha charter reysi ochildi

O‘zbekiston poytaxti Toshkentdan Antaliyaning Alaniya-Gazipasha aeroportiga ilk charter reys bilan 158 nafar yo‘lovchi yetib keldi, deb yozdi Turkiyaning “Anadolu” axborot agentligi.

Ta’kidlanishicha, “O‘zbekiston havo yo‘llari” milliy aviakompaniyasining mazkur ilk to‘g‘ridan-to‘g‘ri reysini aeroportda “Asialuxe Travel” kompaniyasi xodimlari tantana bilan kutib olgan.

TASS: O‘zbekiston Tashqi ishlar vaziri respublikadagi missiyasini yakunlayotgan Rossiya elchisini qabul qildi

TASS axborot agentligi O‘zbekiston Tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov mamlakatimizda o‘z missiyasini yakunlayotgan Rossiya elchisi Oleg Malginov bilan uchrashgani haqida maqola chop etdi.

Xabarda aytilishicha, tomonlar ikki davlat o‘rtasidagi ittifoqchilik va strategik sheriklikni yanada rivojlantirish masalalarini muhokama qilgan. 

– Aloqalarni chuqurlashtirish va mamlakatlarimiz uchun manfaatli qo‘shma tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlashga umumiy intilishni yana bir bor tasdiqladik, – deya vazirning so‘zlarini keltirgan nashr.

Malginov 2021 yil mart oyidan beri RFning yurtimizdagi elchisi sifatida faoliyat yuritib kelgan.

UNA-OIC: Qatarning mazkur forumdagi ishtiroki O‘zbekiston bilan munosabat sifatini tasdiqlaydi

Islom hamkorlik tashkiloti (IHT) axborot agentliklari ittifoqi (UNA-OIC) joriy yil 10-12-iyun kunlari poytaxtimizda o‘tkazilgan xalqaro investitsiya forumi haqida maxsus maqola e’lon qildi.

Maqolada dunyoning turli davlatlaridan ko‘plab yuqori martabali amaldorlar, investorlar va iqtisodiy tuzilmalar vakillari ishtirok etgan yig‘inda Qatar delegatsiyasiga tashqi savdo ishlari bo‘yicha davlat vaziri Ahmad bin Muhammad Al-Said boshchilik qilgani ta’kidlangan.

– Qatarning mazkur anjumandagi ishtiroki Qatar Davlati va O‘zbekiston Respublikasi o‘rtasidagi ikki tomonlama munosabatlarning chuqurligini tasdiqlaydi, – deyilgan manbada.

Shuningdek, nashr 6 000 kvadrat metr maydonni egallagan ko‘rgazmada O‘zbekiston iqtisodiyotining 10 dan ortiq muhim tarmog‘i, jumladan neft-kimyo, chakana savdo, mashinasozlik, elektrotexnika, qurilish materiallari, metallurgiya, farmatsevtika, oziq-ovqat mahsulotlarini qayta ishlash va boshqa yo‘nalishlarga ixtisoslashgan 90 ga yaqin kompaniya ishtirok etgani qayd qilingan.

O‘tkir Alimov tayyorladi.

O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Axborot hamkorlarimiz nigohida – Yangi O‘zbekiston