Axborot erkinligi uchun barcha mas’ul
Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni munosabati bilan «O‘zbekkonsert» davlat muassasasida o‘zbek milliy san’ati va madaniyatini, shuningdek, muassasa faoliyatini keng ommaga targ‘ib qilishda faollik ko‘rsatayotgan jurnalist va blogerlar bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
«O‘zbekkonsert» davlat muassasasi rahbari Jamoliddin Uzoqov mamlakatimizda ijtimoiy soha, ma’naviyat va ma’rifat, milliy matbuot, san’at rivojiga katta e’tibor qaratilayotganini ta’kidladi.
Davlatimiz rahbarining matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlariga tabrigi nainki jurnalistlar, balki turli vazirlik va idoralar, muassasa va ijodiy tuzilmalarning mutasaddilari, matbuot xizmatlari zimmasiga mavjud voqelikni aholiga xolis va haqqoniy yetkazishda katta mas’uliyat yuklaydi. Shu bilan birga, tashkilotlarning ommaviy axborot vositalari vakillari bilan o‘zaro hamkorligi bugungi kunda yanada muhim ahamiyat kasb etayapti.
Bosma va internet nashrlarining bir guruh jurnalistlari tashakkurnoma va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.
N Usmonova, O‘zA