Saudiya Arabistoni Jidda shahrida Islom hamkorlik tashkiloti axborot agentliklari ittifoqi (UNA-OIC) va Qirol Salmon nomidagi arab tili global akademiyasi hamkorligida “IHT ga a’zo davlatlar axborot agentliklarida arab tilidan foydalanish standarti” nomli virtual seminar tashkil qilindi.

Anjumanda a’zo axborot agentliklari vakillari, jumladan O‘zA muxbirlari, turli muassasalar, qator OAV xodimlari ishtirok etdi.

Seminarning asosiy tashkilotchisi, UNA-OIC bosh direktori Muhammad bin Abd Rabbo Al-Yamiy axborot agentliklari faoliyatida lingvistik standartning ahamiyati, shu yo‘nalishdagi ish jarayonini tartibga solish va takomillashtirish yo‘llari haqida so‘zlab, masalaga e’tibor tilga g‘amxo‘rlikning bir ko‘rinishi ekanini ta’kidladi.

Akademiyaning Tilshunoslikni rejalashtirish siyosati sektori rahbari, professor Mahmud Al-Mahmud mazkur anjuman media-kontentni yaxshilash bo‘yicha institutsional sa’y-harakatni qo‘llab-quvvatlashi, media-diskursiyani shakllantirishda tilning rolini mustahkamlash, sifati, izchilligi, professionalligini ta’minlashga ko‘maklashishiga to‘xtaldi. Uning ta’kidlashicha, tez o‘zgarib borayotgan, muayyan muammolarga duch kelayotgan media landshaftida ifoda vositalarini tartibga solish, xabarni loyihalash va ish sifatini baholash uchun aniq va yagona standartga keskin ehtiyoj bor.

Seminar ishtirokchilariga asosiy tavsiyalar to‘plami taqdim etildi. Xususan, IHTga a’zo idoralar o‘rtasida arab tilidagi kontentni takomillashtirish va o‘zaro almashish, a’zo agentliklar uchun matnda lingvistikadan foydalanishni tartibga solish bo‘yicha aniq qoida va standartni o‘z ichiga olgan yagona lingvistik qo‘llanma tayyorlash zarurligi ma’qullandi. Ayni yo‘nalishda hamkorlik qilish, jumladan qo‘shma ma’lumotlar bazasi orqali OAV va siyosiy atamalarning ixcham lug‘atini yaratish, axborot agentliklari xodimlari uchun xalqaro media ishida arab tilidan foydalanish ko‘nikmasini hosil qilish va tartibga solish masalasi muhokama qilindi.

M.Pirmatova, O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Axborot agentliklarida arab tilidan foydalanish masalasi muhokama qilindi