Avvalgi import mahsulot endi eksport qilinmoqda (+video)
O‘zbekistonda qurilish hajmigina oshib bormasdan, balki qurilish madaniyatida ham jiddiy o‘zgarishlar ro‘y bermoqda. Masalan, ilgari yog‘ochdan qilinadigan plintuslar o‘rniga hozir plasmassadan qilingan arzon, chiroyli, chidamli plintuslar qo‘llanmoqda. Yaqin kunlargacha ular xorijdan import qilinar edi. Bugun esa Qo‘qondagi erkin iqtisodiy zonada “Imkon plast” korxonasi bir necha mamlakatlarga o‘zi ishlab chiqargan plintuslarni eksport qilmoqda.
Qo‘qon iqtisodiy zonasi tashkil topganida bu yerda faoliyat boshlagan korxonalarga soliq, bojxona to‘lovlarida imtiyozlar berildi. Davlat tomonidan barcha infratuzilmalar yaratildi. Shunda “Imkon plast” korxonasi ham ochilgan edi.


Bugun u mamlakat qurilish materiallari bozoridan muqim o‘rin topdi. Bu yerda ishlab chiqarilayotgan plintuslar sifati yuqoriligi bilan ajralib turadi. Shuning uchun ham uning mahsulotlari bir necha davlatlarga eksport qilinmoqda. Ayni chog‘da uning turlari ko‘paytirilib, yangi dizaynlar yaratildi.


– “Imkon plast” korxonasi 2023 yilda 17 mln. metr plintus hamda reyka mahsuloti ishlab chiqardi, – deydi korxona rahbari Bahromjon Hakimov. – 2023 yilda 15 xildan ortiq mahsulotni eksport qildik. Mahsulot turlarini kengaytirib, chet eldan keltiriladigan bagik mahsulotini O‘zbekistonda, shu yerda ishlab chiqarmoqchimiz. Buning uchun yangi sex qurib, ishchi o‘rinlarini kengaytiramiz.


“Imkon plast”da elektr kabellari, suv shlanglari va oyoq kiyimlari tagligi uchun xomashyo – kimyoviy granulalar ishlab chiqarish ham yo‘lga qo‘yildi.
<iframe width="640" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/T25h9-gxKh4" title="Avvalgi import mahsulot endi eksport qilinmoqda" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>Muhammadjon Obidov, Elyor Olimov(surat, video),
O‘zA muxbirlari