Ijtimoiy tarmoqlarda bugun ertalab “Vodiy – Toshkent” yo‘lida yuk avtomobillari ishtirokida sodir bo‘lgan yo‘l transport hodisasi videolari tarqaldi. Mazkur holat Toshkent viloyati Ichki ishlar bosh boshqarmasi YHXB xodimlari tomonidan dastlabki surishtiruvlar o‘tkazilib, munosabat berildi.

Unga ko‘ra, bugun soat taxminan 10:30 larda 1991-yili tug‘ilgan haydovchi, A.Sh. boshqaruvida bo‘lgan “OHANGARONSEMENT” AJga tegishli “HOWO” rusumli maxsus yuk avtomashinasi (tirkamasi bilan) Olmaliq – Toshkent  avtomobil yo‘lining Yuqori Chirchiq tumani hududidan o‘tgan 28 kilometr qismida o‘zi bilan birga  shu yo‘nalishda kelayotgan haydovchi 1996-yili tug‘ilgan I.B. boshqaruvida bo‘lgan “SANY SEMI TRILER TRACTOR” rusumli yuk avtomashinasiga (tirkamasi bilan) urilgan.  Natijada katta yo‘lda boshqa avtotransport vositalarining odatdagi harakat qatnoviga ta’sir ko‘rsatgan.  

Shuningdek, ikkala transport vositalariga texnik shikast yetgan. Voqeada tan jarohati olganlar yo‘q. Hozir holat yuzasidan Yuqori Chirchiq tumani IIB YHXB xodimlari tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.  

A. Musayev, O‘zA muxbiri

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Avtoto‘qnashuvga oydinlik kiritilmoqda