Avtosportchilarimiz “Asia Auto Gymkhana Championship”da 2-o‘rinni egalladi
Gonkongda avtosportning turli yo‘nalishlari bo‘yicha o‘tkazilgan “Asia Auto Gymkhana Championship” musobaqasining uchinchi bosqichida O‘zbekiston terma jamoasi a’zolari juftlik bahslarida ikkita kumush medalni qo‘lga kiritdi.
Qit’a avtosportining eng mahoratlilari qatnashgan chempionatning erkaklar juftligida O‘zbekiston terma jamoasi a’zolari Dilshod Yusupov va Olim Ahmadjonov, ayollar juftligida esa Sabina Yusupova va Samina Ahmadjonova ikkinchi o‘rinni egalladi.
Shuningdek, O‘zbekiston terma jamoasi milliy federatsiyalar hisobida uchinchi o‘rinni qayd etgani e’tiborli bo‘ldi.
Sportchilarimizning turli yo‘nalishlarda munosib ishtirok etishi hamda juftlik musobaqalarining 2 ta yo‘nalishida sovrindorlikka erishishi natijasida O‘zbekiston avtosport jamoasi umumiy chempionat hisobida qit’a jamoalari orasida ikkinchi o‘rinni saqlab qoldi.
T.Ro‘ziyev,
O‘zA