Davlat kadastrlari palatasi Buxoro viloyati boshqarmasi tomonidan joriy yilning o‘tgan davrida viloyatda jami 46 610 ta ko‘chmas mulk ob’ektiga bo‘lgan huquqlar davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan. Shundan 22 233 ta yakka tartibdagi turar joylar, 10 406 ta ko‘p qavatli uylardagi xonadonlar, 8 168 ta yer uchastkasi hamda 5 803 ta noturar ko‘chmas mulk ob’ektlariga bo‘lgan huquqlar davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan.

Bundan tashqari, Davlat rahbarining 2022 yil 12 apreldagi  “Muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlari uchun yer uchastkalarini ajratish tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” gi qarori, Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 27 avgustdagi “Yer uchastkalarini davlat va jamoat ehtiyojlari uchun doimiy foydalanishga ajratishning ma’muriy reglamentini tasdiqlash to‘g‘risida” gi qaroriga muvofiq boshqarma tomonidan qator ishlar amalga oshirilmoqda.

Jumladan, Buxoro viloyati Avtomobil yo‘llari bosh boshqarmasiga qarashli viloyat hududidan o‘tgan umum foydalanishdagi avtomobil yo‘llari xatlovdan o‘tkazildi. Tegishli tartibda ushbu avtomobil yo‘llariga kadastr pasportlari tayyorlanib, davlat ro‘yxatidan o‘tkazilmoqda.

– Hozirga qadar Davlat kadastrlari palatasi Buxoro viloyati boshqarmasi tomonidan viloyat hududidagi 4 012 kilometr avtomobil yo‘li xatlovdan o‘tkazildi,  – deydi viloyat boshqarmasi ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish bo‘limi boshlig‘i Mirshod Shukrullayev.  – Ularga kadastr pasporti tayyorlanib, belgilangan tartibda davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi.  

Zarif Komilov,  

O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Avtomobil yo‘llariga kadastr pasporti tayyorlanmoqda