Prezidentimizning 2022 yil 12 apreldagi “Muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlari uchun yer uchastkalarini ajratish tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” gi qaroriga muvofiq, Sirdaryo hududidan o‘tgan viloyat avtomobil yo‘llari bosh boshqarmasiga qarashli umumfoydalanishdagi avtomobil yo‘llari xatlovdan o‘tkazilib, tegishli tartibda kadastr pasporti topshirilmoqda.

Viloyat hududida 1 ming 450 kilometr avtomobil yo‘llari mavjud. Hozirgacha 1 ming 414 kilometr yo‘lning kadastr pasporti shakllantirilib, UzKard dasturiga tushirildi hamda 1 ming 414 kilometr avtomobil yo‘li davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi. Joriy yilning o‘tgan davrida Sirdaryo viloyatida 20 ming 899 ta ko‘chmas mulk ob’ektiga bo‘lgan huquqlar davlat ro‘yxatiga olingan. Ularning 9 ming 259 tasi yakka tartibdagi turar-joy binolari, 4 ming 276 tasi ko‘p qavatli uylardagi xonadonlar, 4 ming 779 tasi yer uchastkasi va 2 ming 553 tasi noturar ko‘chmas mulk ob’ektlaridir.

Yakunlanayotgan yilda suv xo‘jaligiga tegishli 56 ta kanalning 1 ming 973 gektar yer maydoni ham davlat ro‘yxatidan o‘tkazilib, kadastr pasportiga ega bo‘ldi.  

Sh.Suyarov, O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Avtomobil yo‘llari davlat ro‘yxatidan o‘tkazilyapti