O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan islohotlarning muhim jihatlaridan biri asta- sekin monopoliyaga barham berilayotganidir. Mamlakat avtobozori yagona ishlab chiqaruvchiga bog‘liq edi. So‘nggi yillarga kelib “SHEVROLET”, “KIA”, “BUVAYDI”, “CHIRI” kabi brendlar o‘zaro raqobatlashmoqda. Ayniqsa, O‘zbekiston Prezidentining shu yil Xitoyga qilgan safari, u yerda mamlakat yirik kompaniya va korporatsiyalari rahbarlari, tadbirkorlar bilan uchrashuvidan so‘ng O‘zbekistonga avtomobil sanoati yetakchilari oqib kela boshladi. “SOUYeAST” brendi shu oyda dunyo bo‘ylab taqdimot o‘tkazmoqda. Bu jarayon O‘zbekistondan boshlandi.

“SOUYeAST” brendi bundan 30 yil avval dastlabki avtomobillarini jahon bozoriga chiqargan edi. Bugunga kelib uning zavodlarida  20 mingga yaqin muhandis-mutaxassislar ishlamoqda. Shu yilning o‘zida 3,2 mlrd dollarlik 10 turdagi avtomobillar eksport qilindi. Uning ishlab chiqarish sexlari eng zamonaviy robotlashgan texnologiya va IT ga asoslangan.

–Biz nega O‘zbekistonni tanladik? – deydi “SOUYeAST” vitse- prezidenti Ke Chuadeng. – Birinchidan, O‘zbekiston Markaziy Osiyodagi eng qudratli, iqtisodi baquvvat va tez rivojlanayotgan davlat. Ikkinchidan, u g‘arb va janubdagi mamlakatlar chorrahasida joylashgan va biz mahsulotimizni O‘zbekiston orqali ularga ham yetkazishni rejalashtirganmiz. Uchinchidan, bizning avtomobillarda boshqalarda uchramaydigan 60 ta yangilik joriy qilingan. Masalan, orqa o‘rindiqlar isitiladi, avtomobilsozlikda ilk bora uni ovoz bilan boshqarish kabi funksiyalari ham bor. Xullas, biz o‘zimizning modellarga ishonamiz va ularni tez yoqtirib qoladilar, degan ishonchdamiz.  

Uslub zamonaviylik va didni aks ettiradi. Tashqi va ichki dizayndagi detallarga e’tibor o‘ziga xoslik va nafislikni ta’kidlab, foydalanuvchilarga moda estetikasidan bahramand bo‘lish imkonini beradi.

[gallery-19487]

 Qulaylik soddalikka qaratilgan. Mashinalar dizaynidagi har bir detal insonning tabiiy harakatlari va holatiga mos keladi.

 Eng ilg‘or texnologiya innovatsiyalarni birlashtiradi. Zamonaviy aqlli tizimlar avtomobil va haydovchi o‘rtasidagi o‘zaro aloqani osonlashtiradi.

–  “SOUYeAST” yoqilg‘i hamda elektr quvvatida harakatlanadigan oilaviy avtomobil. Uning saloni keng, o‘rindiqlari qulay, musiqa eshitish uchun 8 ta ovoz kuchaytirgich o‘rnatilgan. Ikkita 12,3 dyumli ekran, 360 0 darajada atrofni ko‘rish qurilmalari bor. Hatto rul ham isitiladi, – deydi “SOUYeAST–O‘zbekiston” bosh direktori  John Li. – Avtomobillarimizga 5 yillik yoki 200 ming kilometr yurgunga qadar to‘liq kafolat beramiz.

Raqobat bor joyda sifat belgilovchi omildir. Xitoyning yangi brendi ham mavjud avtomobillardan bir qator qulayliklari bilan ajralib turadi. Bunda albatta ilmga tayanilgan.

– Avtomobil modellarini takomillashtirish ustida tinimsiz izlanishdamiz. Bizning 9 ta ilmiy tadqiqot markazimiz bo‘lib, uning 4 tasi chet mamlakatlarda joylashgan. Ular “SOUYeAST” avtomobillarini o‘sha mamlakatlardagi iqlim, avtobozor talablari, yo‘llar va relefining o‘ziga xos xususiyatlaridan kelib chiqib modellarni moslashtiradilar, – deydi janob Ke Chuadeng. –O‘zbekistonga kelsak, biz uning keskin  farq qiluvchi iqlimini nazarda tutib, havo isitish va sovutish tizimiga o‘zgartirishlar kiritib takomillashtirdik. O‘ylaymanki, uning imkoniyati va fazilatlarini qadrlaydilar.

Xo‘sh, “SOUYeAST” ning O‘zbekistonda o‘z tarmoq va tizimlari bo‘ladimi?

– 2024 yilda 5 mingta avtomobil savdoga chiqariladi. Biz Toshkent va barcha viloyat markazlarida dillerlik bo‘limlari, texnik xizmat ko‘rsatish tizimini tashkil etyapmiz, – deydi “SOUYeAST–O‘zbekiston” bosh direktorining o‘rinbosari  Ziyovutdin Parpiyev. –Yana bir yangilik shuki, ilgari xaridorlar fikrini dillerlar orqali o‘rganar edik. Endi har bir mijozimiz bilan 2 yil davomida yuzma-yuz muloqot qilib boramiz. Ular bildirgan har bir e’tiroz, taklif qabul qilinadi.

Har qanday avtomobil xavfsizlik darajasi bilan qadrlanadi. Mutaxassislarning aytishicha, salon old qismida 6 ta xavfsizlik yostiqchasi bor.

–Haydovchi va yo‘lovchi uchun xavfsizlikni ta’minlash uchun aqlli tizim mavjud. Iqlimni nazorat qilish vazifasi kuchaytirilgan, – deydi “SOUYeAST–O‘zbekiston” bo‘lim mudiri Shahboz Bozorov. – Yoritgichlari “aqlli”. Ya’ni tabiiy yorug‘lik va qorong‘ulikka qarab yonadi, burilish chog‘ida ular ham burilib qo‘shimcha hududni yoritadi.  

Toshkentning jozibali “Mega citi” ochiq maydonida “SOUYeAST” avtomobillaridan S-07 va S-09 modellarining taqdimoti bo‘lib o‘tdi. Kompaniya rahbariyati, mutaxassislar uning imkoniyati va o‘ziga xosligiga tavsif berdilar. Shundan so‘ng O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Rayhon G‘aniyeva “SOUYeAST” ga bag‘ishlangan yangi qo‘shig‘ini kuyladi.  

O‘zbekistonga yangi avtomobil brendi kirib kelishiga bag‘ishlangan tantana favvoralar shousi bilan davom etdi.  

<iframe width="560" height="315" src="https://www.youtube.com/embed/Pctmr2BKnBU?si=tWTWZyrOCfjKKknt" title="YouTube video player" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>

Muhammadjon Obidov, Doniyor Yakubov,Elyor Olimov  (video, surat)O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Avtomobil bozorlarida yangi brend: “SOUYeAST”