Buxoro neftni qayta ishlash zavodi tomonidan shtrix kodlash texnologiyasi yordamida omborda xizmat ko‘rsatish jarayonlarini avtomatlashtirish bo‘yicha ish olib borildi.

Maqsad, moddiy va tovar boyliklari omborlarini boshqarishni optimallashtirish, zavodni moddiy va tovar boyliklari bilan o‘z vaqtida va uzluksiz ta’minlash uchun sharoit yaratish, ularni tayyorlash va logistika uchun ish vaqtining yo‘qotilishini kamaytirish, saqlashni qisqartirishdan iborat.

Ma’lumot uchun, zavodda 3 ta asosiy ombor xo‘jaligi mavjud bo‘lib, ularda har xil moddiy-texnik zaxira(MTZ)lar saqlanadi. Har bir ombor ma’lum toifadagi tovarlar saqlanadigan zonalarga bo‘linadi.

Zavodning Axborot texnologiyalarini joriy etish va rivojlantirish markazi va Uskunalar bazasi mutaxassislari tomonidan korxona ombor xo‘jaliklarining ushbu tizimini o‘rganish va joriy etish bo‘yicha ishlar olib borildi. Xususan, korxona “1C” platformasida shtrix kodlash yordamida “1C-Ombor” quyi tizimi takomillashtirildi.

Ma’lumot uchun, omborda tovarlarni shtrix kodlash tizimining ishlash prinsipi shundaki, tovarga individual identifikator – shtrix kod o‘rnatiladi. Har bir kodda tovar va materiallar haqidagi odatiy ma’lumotlar (nomi, ishlab chiqaruvchisi, ishlab chiqarilgan joyi) va uning xususiyatlari haqida batafsil ma’lumotlar – yaroqlilik muddati, raqami, qanday uskunada va qaysi yo‘nalish uchun ishlab chiqarilganligi bo‘lishi mumkin.

Shuningdek, zavodga tegishli bo‘lgan 1, 2, 3-xo‘jalik omborxonalarida zavod mas’ul xodimlari ishtirokida ushbu tizim ish faoliyatining samaradorligi va ishchi-xizmatchilarga yaratilgan shart-sharoitlar o‘rganib chiqildi. Jumladan, zavod omborxonalarining holati tekshirilib, qabul qilinayotgan materiallarning kirish nazorati tartibi o‘rganildi. Tovarlarni saqlash sharoitlari va muddatlari bilan tanishildi.

O‘z navbatida, shtrix kodlash tizimining ishlash prinsipi, tovarlar qanday yorliqlanishi, tovar qabul qilinishi va bularning barchasi “1C” tizimiga qanday integratsiyalashgani o‘rganildi.

Shtrix kodning asosiy afzalligi shundaki, u elektronika tomonidan osongina “o‘qiladi”. Shtrix kodni “o‘qigan” qurilma ro‘yxatga olish va qayta ishlash uchun ma’lumotlarni omborning “1C” axborot tizimiga o‘tkazadi. Bu ma’lumotlarni kiritish xatoliklarini bartaraf etishga imkon beradi.

Zarif Komilov, O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Avtomatlashtirish: vaqt va naqdni tejash imkoniyati