Avtomashinani kim oʻgʻiriladi?
Oʻtkazilgan tezkor tadbirlar davomida mazkur jinoyat J.S. va Y.M.lar tomonidan sodir etilganligi aniqlanib, ulardan tegishli tartibda oʻgʻirlangan pullar daliliy ashyo sifatida olingan.
Joriy yil 24-mart kuni Dangʻara tumani IIBga fuqaro X.Sh. murojaat qilib, shu kuni soat 21:00 larda “Sobalt” rusumli avtomashinasini Toshkent koʻchasida joylashgan “Moʻmiyo” nomli dorixona roʻparasiga qoʻyib, dorixonaga kirib ketgan vaqtida avtomashinasi nomaʼlum shaxslar tomonidan olib qochib ketilganligini, birozdan soʻng, avtomashinasi shu tumanning agrosanoat kasb-hunar kolleji oldida pachoqlangan holatda aniqlanganligini, shu bilan birga, avtomashinasida boʻlgan 10 million 400 ming soʻm pullari oʻgʻirlab ketilganligini maʼlum qilgan. Bu haqda viloyat IIB axborot xizmati xabar bermoqda.
Oʻtkazilgan tezkor tadbirlar davomida mazkur jinoyat J.S. va Y.M.lar tomonidan sodir etilganligi aniqlanib, ulardan tegishli tartibda oʻgʻirlangan pullar daliliy ashyo sifatida olingan.
Mazkur holat yuzasidan Dangʻara tumani IIB huzuridagi tergov boʻlinmasi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi JKning 267-moddasi 2-qismi “b,g” bandlari (transport vositasini olib qochish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, J.S. va Yu.M.lar protsessual tartibda ushlangan.
Hozirda jinoyat ishi yuzasidan dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
Eslatib oʻtamiz, yuqoridagi jinoyatni sodir etgan shaxsga nisbatan jinoyat kodeksida 10 yildan 15 yilgacha ozodlikdan maxrum etish bilan bogʻliq jazo qoʻllanilishi qonunda koʻzda tutilgan.