Sergeli tumanida BYD avtomobili haydovchisi yo‘ldan o‘tayotgan 9 yashar maktab o‘quvchisini urib yubordi. Qiz shifoxonaga olib borilganda vafot etdi.
Romitan hokimi yordamchisi sodir etgan YTHda maktab o‘quvchisi halok bo‘ldi. Tumanning Iftixor mahallasi bo‘yicha hokim yordamchisi “Neksiya-2” avtomobilida shu mahalladagi 7-sonli maktabning 3-sinf o‘quvchisini urib yuborgan. 10 yoshli bola voqea joyida vafot etgan.
Toshkentda katta tezlikda harakatlangan haydovchi 19 yoshli qizning hayotiga zomin bo‘ldi. Haydovchi “Mashinamga o‘lik ortmayman”, deb hali tirik bo‘lgan qizni shifoxonaga olib borishdan bosh tortgan. Oqibatda tez tibbiy yordam xodimlari yetib kelguncha qiz jon bergan.
Ming afsuski, yo‘llarimizda yuz berayotgan halokatlar soni kundan kunga ortsa ortib boryaptiki aslo kamayotgani yo‘q.
Ma’lumotlarga ko‘ra, yilning dastlabki besh oyida yo‘l-transport hodisalari oqibatida 65 nafar maktab o‘quvchisi halok bo‘lgani, 294 nafari jarohatlangani haqida ma’lum qilindi. Yo‘llarda avtomobillarning harakatlanish tezligi cheklanganiga qaramay ozgina bo‘lsada, e’tiborsizlik oqibati ming afsuski inson hayotiga teng bo‘lib qolmoqda.
Albatta hech kim uydan bugun kimnidir hayotiga nuqta qo‘yaman deb chiqmaydi, ammo haydovchilarning ehtiyotkorlik, mas’uliyat, ogohlik bilan avtomobil chambaragini boshqarishi har qachongidanda muhim. Bugungi lavhamizda savolni ochiq qoldiramiz.
Sizningcha avtohalokatlarda kim aybdor: haydovchimi, piyodami yoki tartibga solinmagan yo‘l infratuzilmasimi?
<iframe width="640" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/r5k4d6FkpO0" title="Avtohalokatlarga kim aybdor?.." frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>M.Turdaliyeva, A.Ahmedov, O‘zA