Avstraliyada kuchli zilzila ro‘y berdi
Chorshanba kuni ertalab Avstraliyada ro‘y bergan kuchli zilzila hamda bir nechta aftershokdan keyin 47 ta bino turli darajada ziyon ko‘rdi, deb xabar bermoqda mahalliy ABC telekanali.
Zilzila natijasida jabr ko‘rganlar haqida hozircha ma’lum qilinmagan. Vaziyatni baholash uchun aholiga yordam ko‘rsatish markazlari tashkil etilayotgan hududlarga vertolyotlar jo‘natilgan.
Xabarda ta’kidlanishicha, ayrim tumanlarda elektr ta’minoti uzilib qolgan.
Ekspertlar zilziladan keyingi aftershoklar yana bir necha oy davom etishi mumkin, demoqda.
Xabarda aytilishicha, ushbu zilzila Avstraliyada so‘nggi bir necha o‘n yil davomida eng kuchlisi bo‘ldi.