Avstraliya hukumati mamlakat poytaxti Kanberrada izolyatsiya muddatini oktyabr o‘rtalarigacha uzaytirdi va bu chora-tadbirlar aholining vaksina qilinishi sharoitida muhim ekanligini qayd etdi.

Kanberrada 12 avgustda COVID-19 bo‘yicha bitta kasallanish holati aniqlanganidan beri poytaxt aholisining qariyb 400 ming nafar fuqarosi karantinda.

Avstraliyaning aholi zich ashaydigan janubi-sharqiy hududlari, jumladan Sidney va Melburn shaharlarida istiqomat qiladigan millionlab nafar kishilar vaksina olishga harakat qilganliklari bois, mamlakatda vaksinani joriy qilish so‘nggi oylarda tezlashdi. Hududdagi 16 yoshdan katta bo‘lgan fuqarolarning qariyb 53 foizi vaksinaning har ikkala dozasini qabul qilishdi. Bu Avstraliyada to‘liq emlash bo‘yicha eng yuqori ko‘rsatgich hisoblanadi.

Shtat va federal hukumat rahbarlari milliy yo‘l xaritasini ishlab chiqishdi. Unga ko‘ra, vaksinaning har ikki dozasini qabul qilish darajasi 70-80 foizga yetganda, sayohatlar uchun cheklovlar olib tashlanadi.

www.arabnews.com

sayti materiallari asosida Gulruh Abdullayeva tayyorladi, O‘zA.

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Avstraliya poytaxtida izolyatsiya uzaytirildi