Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan poytaxtimizda barpo etilgan Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi huzuridagi Abdulla Avloniy nomidagi Pedagogik mahorat milliy institutining yangi binosi mamlakatimizda ma’rifiy sohalarda kechayotgan islohotlarning yorqin namunasidir.

Vazirlik tashabbusi bilan ommaviy axborot vositalari uchun mazkur institutga press-tur tashkil etildi.   

Avvallari deyarli qarovsiz ahvolda bo‘lgan ushbu institut binosi, uning faoliyati bugungi kunda mazmunan, ham mohiyatan mutlaqo yangicha qiyofa kasb etdi. Bu yerda jadid bobolarimiz tarixi, ibratli harakatlari, ular yaratgan darslik va qo‘llanmalar, tarixiy manbalar bilan tanishish, shuningdek, eng innovatsion dars berish texnologiyalari, o‘qituvchilarning kasbiy mahoratini yuksaltirish, ta’lim tizimidagi barcha yangiliklar va ma’lumotlarni olish, ta’lim jarayonidagi muammoli vaziyatlarni bartaraf etishga oid yangiliklardan boxabar bo‘lish imkoniyati yaratilgani tahsinga sazovor.   

Press-tur davomida maktabgacha va maktab ta’limi vazirining o‘rinbosari Sardor Rajabov sohadagi islohotlar, yangiliklar, mazkur institutda joriy etilgan ilg‘or usul va texnologiyalar haqida ommaviy axborot vositalari vakillariga batafsil so‘zlab berdi.   

E’tirof etilganidek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024 yil 21 iyundagi “Maktabgacha va maktab ta’limi tashkilotlari xodimlarini uzluksiz kasbiy rivojlantirish tizimini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori ijrosi doirasida qayta tashkil etilgan institut tuzilmasida Xalqaro tadqiqotlar markazi ham ish boshladi. Ushbu markaz mamlakatimizning xalqaro tadqiqotlarda ishtirok etishiga tayyorgarlik ko‘rish, unda O‘zbekiston ishtirokini ta’minlash vazifasini amalga oshiradi.   

O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi huzuridagi Abdulla Avloniy nomidagi Pedagogik mahorat milliy instituti 1934 yil tashkil topgan bo‘lib, bir asrga teng vaqt mobaynida  maktab direktorlari hamda fan o‘qituvchilarining muntazam malakasini oshirish va qayta tayyorlash faoliyati bilan shug‘ullangan.   

Dastlab, institutning ikki gektar yer maydoniga ega hududida – 1 ta o‘quv binosi (49 ta xona va 1 ta majlislar zali), 2 ta 520 o‘ringa ega bo‘lgan yotoqxona (24 ta lyuks, 496 ta oddiy o‘rinli), 1 ta 250 kishiga mo‘ljallangan oshxona, 1 ta qayta tayyorlov markazi (1 ta studiya xonasi), 1 ta garajdan iborat binolar mavjud edi. Ushbu auditoriyalarda zamonaviy ko‘nikmalarni shakllantirish, mashg‘ulotlarni interaktiv tarzda tashkil etish uchun yetarlicha shart-sharoitlar mavjud bo‘lmagan.     

Joriy yilda institutning binosi tubdan yangilandi. Institutning yangi binosidan menejerlik o‘quv kurslari hamda pedagoglarning malakasini oshirish uchun 850 o‘rinli zamonaviy o‘quv xonalari, 87 ming 750 ta fondga ega Axborot-resurs markazi, Abdulla Avloniy nomidagi yodgorlik muzeyi hamda malaka oshirish uchun kelgan pedagoglar uchun 560 o‘rinli zamonaviy mehmonxona tipidagi yotoqxona o‘rin oldi.   

Shuningdek, institutda Innovatsion faoliyatni rivojlantirish, tabiiy fanlar va muhandislik, matematika yo‘nalishidagi fanlararo, ilmiy-tadqiqot va loyiha mashg‘ulotlariga asoslangan zamonaviy ta’lim muhitini yaratish maqsadida STEAM laboratoriyasi barpo etildi.   

Ta’kidlash joiz, 2025 yildan boshlab maktabgacha va maktab ta’limi tashkilotlari rahbar, pedagog va mutaxassis kadrlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirishning yaxlit tizimi joriy qilinadi.   

Bunda Prezident maktablarida to‘plangan ilg‘or tajribalar uzluksiz kasbiy rivojlantirish tizimi orqali umumiy o‘rta ta’lim muassasalariga keng tatbiq etiladi. Rahbar kadrlar uchun malaka oshirish kurslari menejerlik o‘quv kurslari uchun joriy etilgan tartib asosida, pedagog va mutaxassis kadrlar uchun zamonaviy kompetensiyalarni shakllantirishga yo‘naltirilgan ta’lim dasturlari bo‘yicha tashkil etiladi.   

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan joriy yilning o‘tgan vaqti davomida 316 ming 376 nafar pedagog kadrlar malakasi oshirildi.   

Abdulla Avloniy nomidagi pedagogik mahorat milliy institutida 4 ming 270 nafar ta’lim muassasalari rahbarlarining malakasi oshirildi. 666 nafar amaldagi direktorlar va 1 ming 201 nafar direktor lavozimiga nomzodlar menejerlik o‘quv kurslarida o‘qitildi. Umumta’lim maktablarining 120 nafar o‘qituvchisi Fransiyada, 32 nafar professor-o‘qituvchi Qozon federal universiteti va Belarus davlat pedagogika universitetiga malaka oshirishga yuborildi.   

[gallery-19649]

Hozirga qadar 1 ming 500 nafar umumiy o‘rta ta’lim maktabi direktori lavozimiga nomzod, 1000 nafar amaldagi maktab direktorini “Menejerlik o‘quv kurslari”da o‘qitish belgilangan.   

Press-tur davomida media soha vakillari Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi huzuridagi Abdulla Avloniy nomidagi Pedagogik mahorat milliy instituti faoliyati bilan batafsil tanishish imkoniga ega bo‘ldi.   

Nazokat Usmonova,

Rustam Nazarmatov (surat), O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Avloniyning qayta yongan ma’rifat chirog‘i