Avazov Yusuf Shodiyevichning texnika fanlari doktori (DSc) dissertatsiya ishi himoyasi to‘g‘risida
“Ko‘p komponentli aralashmalarni ajratishning texnologik majmualari hayotiy siklini intellektual boshqarish” mavzusida
Avazov Yusuf Shodiyevichning 05.01.08 – “Texnologik jarayonlar va ishlab chiqarishlarni avtomatlashtirish va boshqarish” ixtisosligi bo‘yicha “Ko‘p komponentli aralashmalarni ajratishning texnologik majmualari hayotiy siklini intellektual boshqarish” mavzusidagi texnika fanlari doktori (DSc) dissertatsiyasining himoyasi Toshkent davlat texnika universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi DSc.03/30.12.2019.T.03.02 raqamli Ilmiy kengashning 2022 yil 6 dekabr kuni soat 1000 dagi majlisida bo‘lib o‘tadi.
Manzil: 100095, Toshkent shahri, Universitet ko‘chasi, 2-uy, TDTU «Elektronika va avtomatika» fakulteti, 232-xona.
Tel./faks: (99871) 246-46-00;
E-mail: tstu_info@tdtu.uz
***
Eslatma: O‘zA rasmiy saytida e’lon qilinadigan dissertatsiyalar himoyasi to‘g‘risidagi e’lonlardan tushadigan mablag‘lar Agentlikni rivojlantirish jamg‘armasiga tushiriladi. Ayni paytda har bitta e’lon uchun belgilangan to‘lov — 210 000 so‘m (QQS bilan).