Xorazm viloyatida pedagog kadrlar attestatsiyasi belgilangan talablar asosida ikki bosqichda shaffoflik bilan o‘tkazilmoqda. Bu yilgi pedagoglar malaka toifasi uchun tashkil qilingan attestatsiya jarayonlarida vohada 14 ming 500 nafardan ortiq pedagog ariza topshirdi.

Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 17-sentyabrdagi “Maktabgacha, umumiy o‘rta, o‘rta maxsus, professional va maktabdan tashqari ta’lim tashkilotlari pedagog kadrlarini attestatsiyadan o‘tkazish tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq joriy yilning aprel-may oylarida Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tizimidagi ta’lim muassasalarining pedagoglari malaka test sinovlaridan o‘tkaziladi.  

Urganch tumanidagi 36-sonli umumta’lim maktabida bo‘lib o‘tayotgan sinov jarayonlarining shaffofligini ta’minlash maqsadida barcha zarur shart-sharoitlar yaratilgan. Bunda malaka toifasini berish amaliyoti takomillashtirilib, inson omilisiz o‘tkaziladigan tizim joriy qilingani ayni muddao bo‘lmoqda.  

[gallery-17040]

Attestatsiya jarayonlarining birinchi bosqichida pedagogning mutaxassislik fani va kasb standarti bo‘yicha bilim darajasi baholanadi. Ikkinchi bosqichida esa pedagogik mahorati o‘rganiladi. Bunda 10 ta savol-topshiriq beriladi. Attestatsiya natijalari QR-kod qo‘yilgan elektron shakldagi pedagoglarning shaxsiy kabinetlariga yuboriladi.

Behzodbek SAIDOV (surat), O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Attestatsiya jarayonlarida shaffoflik ta’minlanmoqda