Kuni kecha atoqli yozuvchi, davlat va jamoat, madaniyat arbobi, mohir diplomat Sulton Rayevning o‘zbek tilidagi «Tanlangan asarlar»i chop etildi.

Kitobdan yetti hikoya, bir qissa va bir roman, olti sahna asari va Chingiz Aytmatov haqidagi esse o‘rin olgan. Tarjimonlar – ustoz ijodkorlar Ahmadjon Meliboyev, Zuhriddin Isomiddinov, Jabbor Eshonqul, Hilola Abdusalomova, Mahbuba Temirova, Erkin Boynazarov, Abdug‘ani Abdug‘afurov, Dilfuza Qarshiboyeva.

Kitobga taniqli yozuvchi, ustoz ijodkor Xayriddin Sulton so‘zboshi yozgan. Xususan, unda shunday so‘zlar bor:

«Sulton Rayevning dovrug‘i Olatog‘ning baland cho‘qqilaridan allaqachon oshib ketgan… Sulton Rayev bugungi kunda jahon miqyosida ko‘zga ko‘ringan adib, taniqli diplomat bo‘lib maydonga chiqdi. Uning g‘oyaviy-badiiy jihatdan yetuk o‘nlab kitoblari dunyoning turli mamlakatlarida nashr qilinayotgani, ingliz, fransuz, rus, venger, xitoy, ukrain, turk, qozoq, ozarbayjon, o‘zbek, tatar va boshqa tillarga o‘girilib, xalqaro madaniy doiralarda keng e’tirof etilayotganini barchamiz turkiy adabiyotimizning katta yutug‘i deb qabul qilamiz».

Ma’lumotlarga ko‘ra, Sulton Rayev 1958 yilning 13 iyulida Qirg‘izistonda tug‘ilgan.  

Sulton Akimovich 1984 yilda Qirg‘iziston Davlat universitetining jurnalistika fakultetini tamomlagan. Keyinchalik bir qator davlat idoralarida yuqori lavozimlarda faoliyat ko‘rsatgan.  

Qirg‘izistonning taniqli adabiyot arboblaridan biri Sulton Rayev mohir adib, jurnalist, dramaturg sifatida ham xalqaro miqyosda e’tirof qozongan. Insoniyat boshidan kechirayotgan muammolar, odamlar ruhiyatidagi evrilishlar, murakkab ma’naviy jarayonlarni aks ettirish uning ijodida muhim o‘rin egallaydi. Muallifning turkiy dunyoda keng kitobxonlar ommasiga yetib kelgan qissalari, romanlari, dramalari va ssenariylari bilan birga dunyoning turli tillarida nashr etilgan asarlari Osiyo va Yevropa qit’alarining turli mamlakatlarida katta aks-sado bergan.  

Qirg‘iziston Respublikasining atoqli yozuvchisi Sulton Rayev madaniyatlararo yaqinlashish va turli mamlakatlar va xalqlar o‘rtasidagi munosabatlar sohasidagi alohida hissasi va samarali faoliyati uchun turli davlatlar va xalqaro tashkilotlar tomonidan ko‘plab yuksak mukofotlarga sazovor bo‘lgan.  

Adabiyotshunoslar fikricha, uning «Ayol», «Malikaning faryodi», «Devor», «Barsbek», «Qizlarjon, qizlar» dramalari ko‘plab mamlakatlarning sahnalarida ijro etilgan, xalqaro festivallarning sovriniga sazovor bo‘lgan.

N.Usmonova, O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Atoqli qirg‘iz adibi Sulton Rayevning o‘zbek tilidagi «Tanlangan asarlar»i chop etildi