Atom sanoati maxsus sanoat zonasida 15 ta yönalişda mahsulot işlab çiqariş rejalaştirilgan
Özbekistonda 2030-yilga qadar oltin qazib oliş hajmini 175 tonnaga, kumuşni 500 tonnaga, mis işlab çiqariş quvvatlarini esa 500 ming tonnaga yetkaziş rejalaştirilgan. Şu davrda qayta tiklanuvçi energiya quvvatlarini 25 gigavattga, ularning elektr energiyasi işlab çiqarişdagi uluşini 54 foizga yetkaziş közda tutilmoqda.
Jizzax viloyatida taşkil etilayotgan Atom sanoati maxsus sanoat zonasida 15 ta yönalişda mahsulot işlab çiqariş rejalaştirilgan. Uşbu mahsulotlar Özbekiston va Markaziy Osiyoning boşqa mamlakatlarida barpo etiladigan atom elektr stansiyalari ehtiyojlariga ham yönaltiriladi.
Şu maʼnoda, davlatimiz rahbari turk kompaniyalarini toğ-kon sanoati, mineral resurslarni çuqur qayta işlaş va "yaşil" energetikada yangi qöşma loyihalarni amalga oşirişga taklif qildi.
Özbekiston – Turkiya iqtisodiy hamkorligining ustuvor yönalişlaridan biri elektrotexnika sanoatidagi kooperatsiyani kengaytirişdir.
2030-yilga qadar mamlakatimizda uşbu tarmoq eksportini 5 milliard dollarga yetkaziş va 11,6 milliard dollar investitsiya jalb qiliş maqsad qilingan.
Turkiya kompaniyalari misni çuqur qayta işlaş, elektronika, transformatorlar, maişiy texnika va elektr uskunalari işlab çiqarişda özbekistonlik korxonalar bilan qöşma loyihalarni yölga qöyişga taklif etildi.
Prezident Şavkat Mirziyoyev Özbekiston – Turkiya biznesni qöllab-quvvatlaş böyiça yuqori darajadagi kengaşning birinçi yiğilişida iştirok etmoqda.
ÖzA