O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi “Atom energiyasi bo‘yicha xalqaro agentlikning texnik hamkorlik milliy loyihalarini amalga oshirish samaradorligini ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida” qaror qabul qildi.

Unga muvofiq, Texnik hamkorlik milliy loyihalarini ishlab chiqish, amalga oshirish tartibi, ular bo‘yicha hisobdorlik, shuningdek, milliy loyihalarning amalga oshirilishini muvofiqlashtirishni nazarda tutuvchi O‘zbekiston Respublikasida Atom energiyasi bo‘yicha xalqaro agentlikning texnik hamkorlik milliy loyihalarini amalga oshirish tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi. 

Ushbu Nizom Atom energiyasi bo‘yicha xalqaro agentlikning texnik hamkorlik milliy loyihalarini manfaatdor vazirlik va idoralar tomonidan ishlab chiqish, amalga oshirish tartibi, shuningdek, ularni amalga oshiruvchi vazirlik va idoralarning mas’uliyati hamda javobgarligini belgilaydi. 

Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qo‘mitasi milliy loyihalarning amalga oshirilishini muvofiqlashtiruvchi vakolatli organ, milliy loyihalarning tashabbuskori bo‘lgan vazirlik va idoralarning rahbarlari ushbu loyihalarning samarali va o‘z vaqtida amalga oshirilishi, milliy loyihani amalga oshirish holatini baholash hisobotini o‘z vaqtida Atom energiyasi bo‘yicha xalqaro agentlikning maxsus elektron tizimiga kiritilishiga hamda milliy loyihalarda ishtirok bo‘yicha xarajatlarning qoplanishiga shaxsan mas’ul va javobgar hisoblanadi.

O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Atom energiyasi bo‘yicha xalqaro agentlikning texnik hamkorlik milliy loyihalarini amalga oshirish tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi