XX asrga kelib dunyo mamlakatlarida sanoatning katta sur’atlarda rivojlanishi, tabiatga yetkazilgan ulkan zarar, uning resurslaridan noto‘g‘ri foydalanish natijasida atmosferaga behisob miqdorda issiqxona gazlari chiqmoqda. Bu esa iqlim o‘zgarishiga, dunyoning turli burchaklarida, yilning turli fasllarida haroratning keskin o‘zgarishiga, turli xil tabiiy kataklizmlarga olib kelmoqda.

Butunjahon meteorologiya tashkiloti ma’lumotlariga ko‘ra, bugungi kungacha global yillik o‘rtacha havo harorati 1880 yildagi darajadan 1°C ga ortgan. O‘zbekistonda huddi shu davr uchun o‘rtacha yillik havo harorati 1,6°S ga ko‘tarilgan, biz global masshtabda kuzatilayotgan o‘rtacha templardan ko‘proq “isiganmiz”. O‘zbekiston iqlim o‘zgarishi ta’siriga ko‘proq moyil bo‘lgan mamlakatlar qatoriga kiradi. Albatta, bu yaxshi emas, juda xavotirli.

Shunday bir vaziyatda, mamlakatimiz sanoat korxonalaridan atmosfera havosiga yillik sanoat tashlamalari miqdori 2022 yilda 874 ming tonnani tashkil etdi.

Tashlamalarning 360,5 ming tonnasi (40%) – neft va gaz, 200 ming tonnasi (22,8%) – energetika, 185,5 ming tonnasi (21,2%) - metallurgiya, 25 ming tonnasi (2,8%) – qurilish va 103 ming tonnasi (11,7%) boshqa tarmoqlar hisobiga to‘g‘ri keladi.

Atmosferaga asosiy ta’sir ko‘rsatuvchi tarmoqlar issiqlik elektr stansiyalari hamda sement ishlab chiqaruvchi korxonalar hisoblanadi.

Bugungi kunda mamlakatimizda 12 ta IESlar, shu jumladan, ko‘mirga ixtisoslashgan “Angren” va “Yangi Angren” issiqlik elektr stansiyalari faoliyat olib bormoqda. Bundan tashqari, 36 ta sement ishlab chiqaruvchi korxona, 15 ta neft va gazni qayta ishlash hamda 4 ta metallurgiya sanoati mavjud.

Bugungi kunda sanoat korxonalaridan atmosferaga tashlanmalarni kamaytirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi tomonidan maxsus dastur qabul qilingan. Uning doirasida 2023 yilga belgilangan 145 ta sanoat korxonalarida 723 ta chang-gazlarni tutib qolish uskunalarini ta’mirlash va yangilariga almashtirish ishlari amalga oshirilmoqda.

Atrof-muhitga xavf darajasi yuqori va o‘rta bo‘lgan yangi tashkil etilayotgan korxona va tashkilotlar (shu jumladan, sexlar) uchun ishlab chiqilgan “Ekologik oqibatlar to‘g‘risida bayonot” (ZEP) loyiha hujjatlari asosida samaradorlik darajasi 99,5 foizdan kam bo‘lmagan chang-gazlarni tutib qolish uskunalarini o‘rnatish ta’minlanmoqda.

Transportlardan tashlamalar bo‘yicha konsepsiya doirasida jamoat transportining kamida 50 foizini gaz-ballon yoqilg‘i, elektr va boshqa muqobil yoqilg‘i turlariga o‘tkazish maqsad qilib olingan. Bu juda katta raqam va agar ushbu ko‘rsatkichga erishilsa, avtomobillardan havoga yetkazilayotgan zarar keskin kamayadi. Hozir respublikada jismoniy shaxslarga tegishli jami 3 268 480 ta avtotransport vositalari foydalanishda bo‘lib, shundan 796 034 tasi (24 foiz) benzin, 71 088 tasi (2 foiz) dizel va 2 401 348 tasi (74 foiz) gaz yoqilg‘isida harakatlanishga mo‘ljallangan. Yana bir masala – mamlakatimizda harakatda bo‘lgan avtotransportlarning 100 mingtasi nosoz avtotransportlar hisoblanadi. Ulardan atmosferaga yiliga o‘rtacha 1,27 mln tonna tashlamalar tashlanmoqda.

Respublikamizda atmosfera havosiga avtotransportlardan tashlanayotgan tashlamalar miqdorini kamaytirish maqsadida bir yilda II bosqichli “Toza havo” oyligi tadbiri o‘tkaziladi. Mazkur oylik davomida 2022 yilda 295 ming transport vositalari tekshirilgan bo‘lsa, joriy yilda 300 ming transport vositalarini nazoratdan o‘tkazish belgilangan. 

Bunday nazorat tadbirlari davomida gazlarda ifloslantiruvchi moddalar belgilangan standartlarni qo‘pol ravishda buzgan 3329 ta avtotransport haydovchilariga nisbatan Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati xodimlari tomonidan tegishli choralari qo‘llanildi hamda 2914 tasining harakati vaqtinchalik to‘xtatib qo‘yildi.

Tekshirilgan avtotransport vositalarining 1043 tasi yoki 2,2 foizida ishlatilgan gazlarining ifloslantiruvchi moddalari miqdori o‘rnatilgan me’yorlardan yuqoriligi aniqlangan va bu holatni bartaraf etish uchun avtomobillar texnik xizmatga yo‘naltirilgan. Umuman, Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati ma’lumotlariga qaraganda, “Toza havo” oyligida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish evaziga jami 209,232 tonna ifloslantiruvchi moddalar atmosfera havosiga chiqarilishi oldi olingan. 

Bu raqam mana shunday tadbirlar va aksiyalar naqadar muhim ekanligini yaqqol ko‘rsatib turadi. Chunki shahar va tumanlarimizda avtomobillar soni muttasil ko‘paymoqda va bu jarayon yana davom etadi.

Shunisi aniqki, biz nafas olayotgan havoni asrab-avaylash, unga yetkazilayotgan zararni kamaytirish yo‘lida hali qilinishi lozim bo‘lgan ishlar ko‘p. Jumladan, quyidagi asosiy yo‘nalishlarni ko‘rsatish mumkin:

1. Transport vositalaridan kelayotgan ekologik zararni kamaytirish maqsadida:

  • Yuk tashuvchi transportlar harakatlanishi tartibga solish hamda yo‘llarni ifloslantirishning oldini olishga qaratilgan nazorat tadbirlarini kuchaytirish;
  • Ishlab chiqarilayotgan motor yonilg‘isini “Yevro - 5” ekologik standartiga keltirish;
  • Elektromobillarni respublikada ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish orqali 2030 yilga borib, respublikada sotilayotgan elektromobillar ulushini kamida 15 foizga yetkazish; 
  • Elektromobillarni ommalashtirish uchun ularni tezkor zaryadlash qurilmalari va infratuzilmasini yaxshilash;

2. Sanoat va ishlab chiqarish korxonalari tashlanmalarini kamaytirish maqsadida:

  • Atmosfera havosi ifloslanish darajasi yuqori bo‘lgan Toshkent, Angren, Bekobod, Olmaliq, Ohangaron, Chirchiq shaharlari hamda Navoiy, Qashqadaryo va Farg‘ona viloyatlaridagi yirik sanoat ob’ektlari atrofida atmosfera havosi holatini baholash uchun raqamli monitoring tizimini joriy etish;
  • Bunda 1-bosqichda, 2023 yilda Toshkent shahri va viloyatining 77 ta sanoat korxonalari atrofida 190 ta havo monitoring uskunalari, 2-bosqichda 2024-2025 yillarda Navoiy, Qashqadaryo va Farg‘ona viloyatlaridagi 106 ta sanoat korxonalari atrofida 265 ta havo monitoring uskunalari o‘rnatilishi va Yagona geoaxborot ma’lumotlar bazasiga integratsiya qilinishi rejalashtirilgan.

Korxonalar chang-gaz tozalash uskunalari samaradorligi oshirish:

1. 2023 — 2025 yillarda 450 ta yirik sanoat korxonalaridagi 2200 ga yaqin chang-gaz tozalash uskunalari samaradorligi oshirish:

2. Yangi ishga tushirilayotgan sanoat ob’ektlariga samaradorligi 99,5 foizdan kam bo‘lmagan chang-gaz tozalash uskunalari o‘rnatish ko‘zlangan.

— Sanoatda tabiiy gaz ulushini kamaytirish hamda muqobil energiyaga o‘tishni jadallashtirish, Fransiya taraqqiyot agentligi texnik ko‘magida atmosferaga karbon tashlamalarini kamaytirganlik uchun «Yashil soliq» tizimi joriy etish;

Ifloslantiruvchi moddalarning ko‘payishi havo sifatini yomonlashtirishi, nafas olish va yurak-qon tomir kasalliklari xavfini oshiradi. Quyosh nurlarining to‘silishi, yomg‘irlarning kamayishi, zaharlanishi natijasida atrof muhitga, hayvonot va o‘simlik dunyosiga ham misli ko‘rilmagan zarar yetadi. Biz insoniyat chiqarayotgan karbon moddalarini tabiat “hazm qila olmaydigan” nuqtadan o‘tib bo‘ldik. 

Atmosfera havosiga tashlanayotgan tashlamalar muammosiga e’tibor bermaslik sog‘liqni saqlash xarajatlarining oshishi, ishlab chiqarish samaradorligining pasayishi va turizm bilan bog‘liq iqtisodiyot tarmoqlariga ham katta zarar keltirmoqda.

Shu nuqtai nazardan, bugungi kunda amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar alohida ahamiyatga ega. Mavjud muammolarni bartaraf etish uchun nafaqat institutsional, balki jamoatchilik nazoratini ham kuchaytirish maqsadga muvofiq bo‘lib, bu o‘z navbatida, atmosfera havosini muhofaza qilishda katta o‘rin tutadi.

O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Atmosfera havosiga tashlanayotgan tashlamalar muammosi