Vatanimiz tarixidagi 1 sentyabr sanasi bilan bog‘liq ayrim voqealar bayoni.

1909 yil (bundan 116 yil oldin) – biolog olim, O‘zbekiston Fanlar akademiyasi akademigi Ahror Muzaffarov dunyoga keldi (vafoti 1987 yil). U O‘rta Osiyo tog‘laridagi suv havzalarining suvo‘tlar florasini, birinchi marta suvo‘tlarning tarqalish qonuniyatlarini o‘rgandi. Suvo‘tlarni sun’iy yo‘l bilan ko‘paytirib, ulardan xalq xo‘jaligining turli tarmoqlarida foydalanish mumkinligini isbotlab berdi. Shogirdlari bilan suv o‘simliklaridan ifloslangan suvlarni biologik usulda tozalash, atmosfera azotini to‘plovchi ko‘k-yashil suvo‘tlardan paxtachilik, g‘allachilik va sholikorliqda foydalanish yo‘llarini ishlab chiqdi. Ahror Muzaffarov 1979 yilda Beruniy nomidagi Davlat mukofoti laureati bo‘lgan.

1918 yil (bundan 107 yil oldin) – Adliya xalq komissarligi yig‘ilishida Turkistonning bo‘lg‘usi sud tizimi muhokama qilindi. Muhokama jarayonida yangi tizimning tarkibiy tuzilishi aniqlab olindi va shu asosda hay’at a’zolariga tegishli loyihalarni tayyorlash vazifasi yuklatildi.

1918 yil (bundan 107 yil oldin) – Namanganda “Ishchilar qalqoni” gazetasining birinchi soni bosilib chiqdi. Farg‘ona vodiysida ikkinchi bo‘lib nashr etilgan bu gazetaning muharriri Toxir Fatxullin, kotibi esa Lutfulla Olimiy edi. Lutfulla Olimiy tug‘ma jurnalist bo‘lgani tufayli mazkur gazetaning namanganliklar o‘rtasida e’tibor qozonishiga katta hissa qo‘shdi.

1926 yil (bundan 99 yil oldin) – haykaltarosh, O‘zbekiston va Rossiya Federatsiyasi xalq rassomi Dmitriy Ryabichev dunyoga keldi (vafoti 1995 yil). U Toshkent shahridagi “Oybek”, “Jasorat”, “Xalqlar do‘stligi” va boshqa monument va yodgorliklar muallifi.

1929 yil (bundan 96 yil oldin) – lirik xonanda va bastakor, O‘zbekiston xalq hofizi Faxriddin Umarov dunyoga keldi (vafoti 2007 yil). U 2021 yilda (vafotidan so‘ng) “Fidokorona xizmatlari uchun” ordeni bilan mukofotlangan.

1938 yil (bundan 87 yil oldin) – Termiz shahridagi 32 gektar maydonda O‘zbekistondagi ikkinchi hayvonot bog‘i tashkil etildi. Birinchisi 1924 yilda Toshkentda ochilgan edi.

1942 yil (bundan 83 yil oldin) – kimyogar olim, O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan ixtirochi va ratsionalizator, O‘zbekiston Fanlar akademiyasi akademigi Saidahrol To‘xtayev dunyoga keldi (vafoti 2022 yil). U 1996 yilda “Shuhrat” medali bilan mukofotlangan.

1943 yil (bundan 82 yil oldin) – Toshkent maktablarida o‘g‘il va qiz bolalarning alohida o‘qitilishi joriy qilindi (boshqa shaharlarda bu jarayon 1 dekabrdan boshlangan). Tarixchi Xayriya Bo‘riyevaning qayd etishicha, bu jarayon maktablarda o‘quvchilar soni, xususan, qizlarning ko‘payishiga olib kelgan. 1944 yildan raqamli baholash tizimiga o‘tilib, bunda o‘kuvchilar bilimi va xulki 1–5 baholar bo‘yicha baholanishi qo‘zda tutilgan. Mazkur yilda maktabga bolalarni qabul qilish 8 yoshdan 7 yoshga tushirilib, IV, VII, X sinf o‘quvchilari uchun bitiruv imtihonlari joriy qilingan.

1946 yil (bundan 79 yil oldin) – Buxoroda musulmon dunyosiga mashhur bo‘lgan qadimiy Mir Arab madrasasi qayta ochildi. Mazkur oliy ilm dargohi Buxoro xoni, mumtoz shoir Ubaydullaxon in’om etgan mablag‘ hisobiga Shayx Abdulla tomonidan 1530–1536 yillarda qurilgan.

1950 yil (bundan 75 yil oldin) – O‘zbekiston Kompartiyasi Markaziy Qo‘mitasi byurosi “O‘zbekiston SSR Fanlar akademiyasining ishi to‘g‘risida”gi masalani ko‘rib, akademiya olimlaridan sharqshunos va tarixchi Abdusamad Boboxo‘jayev, adabiyotshunos va faylasuf Vohid Zohidov, iqtisodchi Olim Aminov, tilshunos Olim Usmonov va boshqalarni nohaq ravishda qoraladi.

1985 yil (bundan 40 yil oldin) – respublikamiz o‘quv jarayonida “Informatika asoslari va hisoblash texnikasi” fan sifatida o‘qitila boshlandi. Ko‘pgina hunar-texnika bilim yurtlarida informatika kabinetlari tashkil qilinib ular zamonaviy elektron hisoblash mashinalari bilan jihozlandi.

1989 yil (bundan 36 yil oldin) – O‘zbekiston Vazirlar Kengashining qarori bilan Andijon viloyati adabiyot va san’at muzeyi tashkil etildi. Muzey tarkibiga adabiyot, xalq amaliy va tasviriy san’ati muzeyi, Zahiriddin Muhammad Bobur, Abdulhamid Cho‘lpon va Alixon Oxund Oraziy uy-muzeylari kiradi.

Ma’lumot o‘rnida qayd etish joizki, Bobur uy-muzeyi Andijon shahridagi “Ark ichi” me’moriy majmuasi ichida joylashgan. Bu majmua Umarshayx Mirzo davrida ark (podshoh saroyi) bo‘lgan. XX boshlarigacha bu yerda madrasa faoliyat ko‘rsatgan. Bobur uy-muzeyi ekspozitsiyasi Bobur va Boburiylarga oid moddiy tarixiy manbalar va yozma yodgorliklardan tashkil topgan. Ekspozitsiyadan, jumladan, noyob arxeologik topilma – o‘smirlar qilichi joy olgan.

1993 yil (bundan 32 yil oldin) – Toshkentda buyuk o‘zbek astronomi va matematigi, davlat arbobi Mirzo Ulug‘bek haykali ochildi.

1994 yil (bundan 31 yil oldin) – Germaniya Federativ Respublikasining Bonn shahrida O‘zbekiston Respublikasining Yevropadagi birinchi elchixonasi ochildi. Hozirgi paytda elchixona Germaniya poytaxti Berlin shahrida faoliyat yuritmoqda.

1996 yil (bundan 29 yil oldin) – Toshkentda Osiyoda birinchi tashkil etilgan Olimpiya shon-shuhrati muzeyi (hozirgi Olimpiya va paralimpiya shon-shuhrati) ochildi. Bu muzey o‘zbekistonlik sportchilarning xalqaro musobaqalardagi muvaffaqiyatlarini namoyish etadigan, mamlakatimizda sport harakatining rivojini rag‘batlantiradigan markaz bo‘lib qoldi. Muzey ochilishida Xalqaro Olimpiada qo‘mitasining o‘sha davrdagi Prezidenti Xuan Antonio Samaranch ishtirok etgan.

Muzey ikki qavatdan iborat bo‘lib, 1-qavati “Shon-sharaf” zali deb nomlanadi. Unda o‘zbek sportchilarining mustaqillik yillarida nufuzli sport musobaqalarida, Olimpiya va Paralimpiya, Osiyo va Paraosiyo o‘yinlarida qo‘lga kiritgan yutuqlari joy olgan. Muzeyning 2-qavatidan Xalqaro Olimpiya va Paralimpiya o‘yinlari tarixi, bolalar sporti, O‘zbekiston faxriy sportchilari tarixi, milliy sport turlari va o‘yinlari (etnosport), mepping zona joy olgan. Eksponatlar ichida uzoq tarixga ega bo‘lgan numizmatika ashyolari, Olimpiya va paralimpiya o‘yinlariga atab chiqarilgan nishonlar, jetonlar, medallar, pochta markalari, Olimpiya va paralimpiya o‘yinlari mash’alalari, plakatlar, san’at asarlari, kuboklar, kitob va xujjatlar, film va fotomateriallar mavjud.

1996 yil (bundan 29 yil oldin) – O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Amir Temurning 660 yilligi nishonlanishi munosabati bilan oltin va kumushdan ikki turdagi 100 so‘mlik yubiley tangalarini chiqardi.

2001 yil (bundan 24 yil oldin) – O‘zbekistonda mustaqillik yillarida yangi qurilgan Toshkent metropolitenining Yunusobod liniyasi ishga tushirildi.

2009 yil (bundan 16 yil oldin) – O‘zbekiston Respublikasi poytaxti Toshkent shahrining 2200 yilligiga bag‘ishlangan tantanali marosim o‘tkazildi. Bu marosim O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 18 yillik tantanalariga ulanib ketdi.

2019 yil (bundan 6 yil oldin) – O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoniga asosan tashkil etilgan “O‘zbekiston tarixi” telekanali o‘z ishini boshladi. Telekanal oldiga qo‘yilgan maqsad ham aniq va ulug‘: Vatanimizning qadimiy va boy tarixini chuqur o‘rganish, ushbu yo‘nalishdagi ilmiy-tadqiqot ishlarini faollashtirish, yosh avlodni milliy qadriyatlar va ajdodlarning bebaho merosi asosida tarbiyalash, fuqaroda vatanparvarlik va o‘z xalqi bilan g‘ururlanish tuyg‘usini kuchaytirish asosida milliy o‘zlikni anglash hissini mustahkamlash va aholi dunyoqarashini kengaytirish.

Alisher EGAMBERDIEV tayyorladi, O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Asriy orzular ushalgan kun – O‘zbekiston Respublikasining Mustaqillik kuni