Abdusaid Ko‘chimov

Qatra simobday titrab, qalqib turibdi dunyo,

Mezon singari idrab, salqib turibdi dunyo,

Kuygan quyoshdek xira balqib turibdi dunyo...

Chang-to‘zonli zamonda, non-u tuzingni asra,

O‘g‘il-qizingni asra, asra, o‘zingni asra.

Asriy sahro, cho‘llarda quturmoqda toshqinlar,

Qarindoshdan qondoshga  qirg‘inlar-u bosqinlar,

Imoga shay turmishlar Yalavochlar – sotqinlar...

Fosiq dasturxonidan non-u tuzingni asra,

Mustaqillik, ozodlik qorbobodan sovg‘amas,

Ne-ne jasur alplarga g‘animlar  qilmadi qasd,

Eh! Bugun ham oz emas tulki mijoz ayyor kas...

Nafsi olchoq, qallobdan non-u tuzingni asra,

Buyuk ajdodlaringdan meros erur bu zamin,

Yemog‘ing shartdir bugun shu yurtning tashvish-g‘amin,

Qolsin desang to abad O‘ZBEK degan hur noming...

Shon-u sha’ningni asra, qaynoq noningni asra,

Asramasang o‘zingni, tuzlig‘ingni - tuzingni,

Qashqirlar  ilhaq - zordir  o‘ymoq uchun ko‘zingni.

Jahon eshitsin desang,  hayqirig‘ing, so‘zingni,

Rizq-u ro‘zingni asra, chaqmoq so‘zingni asra,

Har damingda ajdodlar armoni bor, ahdi bor,

Manguberdi, Temurbek, Sarbadorlar jahdi bor,

Har ikki Uyg‘onishning jahonda o‘z taxti bor...

Uchinchi Renessans deb bosgan izingni asra,

Tug‘gan yerda tug‘ing tik, tug‘gan joying chamandir,

Qush butaga sig‘ingay, sajdagohing Vatandir,

Vatandan ayrilganga har qadami  kafandir...

Kafangado kaslardan el-u yurtingni asra,

Dengizga ham osonmas, bardosh bermoq to‘fonga,

Hatto, quyosh ham goho yo‘l bergaydir to‘zonga,

Bugun yengil emasdir Yangi O‘zbekistonga...

Yangi O‘zbekistonda dasht-u bo‘zingni asra,

Daryo emas bir irmoq, bir daraxt o‘rmon emas,

Ko‘klam emas bir giyoh, bitta don xirmon emas,

Birligi yo‘q ulusning ko‘kragi osmon emas...

Daydi to‘da-uyurdan janda bo‘zingni asra,

Bog‘ jamoli - bog‘bondan. Bog‘boning bor daryodil,

Daryodilli bog‘bonga daryo bo‘lib qo‘shilgil,

Daryolarga aylanib, ummon kabi jo‘shsin el...

Bog‘li diyoring  uchun qor-u muzingni asra,

Fursat poylab turibdi, qaroqchi kishandorlar,

O‘z qavmini kishanlab, to‘n kiygan nishondorlar,

Ko‘m-ko‘k dalangni bevaqt bosmasin desang qorlar...

Bemahal yog‘gan do‘l-u qishdan kuzingni asra,

Bir vujudga aylansin ming-milliyon jon-u tan,

Ming-milliyon vujudlar bir jonga bo‘lsin payvand,

Quyosh bitta, Oy bitta, Oy-u Quyoshdir  VATAN...

Quyoshingni, Oyingni qosh-u ko‘zingdek asra,

O‘g‘il-qizingdek asra, asra, o‘zingdek asra!

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ