Ulugʻ jadid bobomiz Mahmudxoʻja Behbudiy bejizga “Teatr bu ibratxonadir”, deb aytmaganlar. Bugun odamlar ibrat oladigan maskandan uzoqlashayotgani juda ogʻriqli muammo.

Teatr sanʼatining bugungi ahvoli afsuski, havas qilarli darajada emas. Teatr bu butun bir millatning taqdiri. Millat madaniyatsiz, maʼnaviyatsiz qanday qilib yuksalishi mumkin? Shu va bugungi kun teatr sanʼati atrofidagi muammolar haqida Oʻzbek Milliy akademik drama teatri rejissyori Asqar XOLMOʻMINOV OʻzA muxbiriga gapirib berdi:

– Men sanʼatning boshqa turlarini kamsitmagan holda ayta olaman, teatr qadimiyligi bilan ham, taʼsir kuchi bilan ham ulugʻvorroq. Odamlar teatrda oʻzlarini koʻradi, xulosa qiladi, hayotning oʻzlari oʻylab koʻrmagan tomonlari haqida mulohaza yuritadi.

Hech bir millat oʻzining madaniyatiga, maʼnaviyatiga befarq boʻlmasligi kerak. Teatr bu shunchaki tomosha emas. Teatr – millatning maʼnaviyatini yuksaltiruvchi maskan.

Bugun afsuski, teatrga boʻlgan eʼtibor quvonarli emas. Sohadagi muammolar oʻz yechimini kutmoqda. Eng birinchi navbatda odamlarda teatrga borish madaniyati yoʻqolib boryapti. Vaholanki, teatr oʻzining jonli ekani bilan boshqa sanʼatlardan ajralib turadi. Jonli sanʼatning qadri tushib ketgani shu sohaning odami sifatida meni doim oʻylantiradi.

Hatto ziyolilar ham teatrlarda qoʻyilayotgan yangi spektakllar haqida bilishmaydi. Teatr sanʼat sifatida tobora “koma” holatiga tushib bormoqda.

Taklifim, holatni yaxshilashni avvalo maktablardan boshlash zarur. Teatr haqida darslar oʻtilishi kerak deb oʻylayman. Maktab tomonidan har oyda bir marta oʻquvchilarni teatrga ekskursiyaga olib borish ham bolalarda bu sanʼatga boʻlgan qiziqishni oshiradi. Xuddi shu tajribani oliy taʼlim muassasalariga ham qoʻllasa boʻladi.

Telekanallar orqali teatr targʻiboti ham samarali yoʻl deb oʻylayman. Eng koʻp koʻriladigan koʻrsatuvlarning aksariyatida asosan teatr aktyor va aktrisalari ishtirok etadi, lekin ular faoliyat koʻrsatadigan teatrlar haqida koʻrsatuvlar deyarli yoʻq.

Teatrda kadrlar masalasi ham yildan-yilga katta muammoga aylanib borayotgani achinarli hol. Chunki bu sohadagi moddiy ahvol bugungi kun uchun qoniqarli emas. Teatrda ishlaydigan insonlar esa oila boqish, hayot kechirish uchun ishdan tashqari yaxshiroq daromad topsa boʻladigan yumushlar bilan shugʻullanishga majbur boʻlishyapti. Bunda ularni ayblab boʻlmaydi. Chunki fidoyilik boshqa, oila tashvishlari boshqa.

Teatrdagi eng asosiy figura hisoblanmish rejissyor kasb sifatida eʼtirof etilmagan. Buni qanday tushunish mumkin? Axir asarni yaratadigan insonlar teatr rejissyorlari-ku. Shu muammo ijodiy ish uchun toʻlanadigan gonorar masalasida bevosita koʻrinadi. Spektakl uchun asar yozgan muallif, sahna rassomi, libos rassomi, bastakor, aktyor ijodiy ishi uchun gonorar oladi. Lekin shu asarni sahnalashtirgan rejissyor oʻz mehnati uchun gonorar olmaydi. Bu muammo uzoq yillardan beri yechilmay keladi.

Qolaversa, teatrlarning moddiy-texnik bazasi ham zamon talablariga javob bermaydi. Bizdagi sahna chiroqlari jahon teatrlari urfidan qolib boʻlgan. Koʻpgina viloyat teatrlarida zalni isitish tizimida muammo bor. Bu, ayniqsa, qish mavsumida koʻpgina noqulayliklarni keltirib chiqaradi.

Teatr sohasida muammolar koʻp, ularning yechimi uzoq yillardan beri hal qilinmay kelyapti. Bu haqda koʻp gapirish mumkin. Shu sohada faoliyat olib boryapman, bu muammolarga befarq qarab tura olmayman. Umid qilamanki, bu muammolar hal boʻladi. Xalqimiz uchun durdonaga aylanadigan spektakllar yaratamiz. Ammo eng avval xalqimizda bu durdonaga ehtiyoj paydo boʻlmogʻi kerak.

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Asqar Xolmoʻminov: “Teatr sohasida yigʻilib qolgan muammolar yechimini kutmoqda”
Жамият
12:08 / 21:10:2020