Asosiy maqsad - murojaatlar sonini emas, muammolarni kamaytiriş
Fuqarolar va tadbirkorlarning murojaatlari davlat idoralari faoliyati samaradorligini baholaşda muhim mezonlardan biri hisoblanadi. Çunki har bir murojaat ortida muayyan muammo, yeçimini kutayotgan masala va masʼul taşkilot eʼtiborini talab qiladigan holat mavjud.
“Özagroinspeksiya” matbuot xizmati tomonidan 2026-yilning ötgan davrida jismoniy va yuridik şaxslardan kelib tuşgan murojaatlar böyiça maʼlumotlar taqdim etildi.
Qayd etilişiça, joriy yilning yanvar–oktabr oylarida Inspeksiyaga jami 1 ming 455 ta murojaat kelib tuşgan. Şundan 814 tasi jismoniy, 641 tasi esa yuridik şaxslar hissasiga töğri keladi. Hisobot davrida Inspeksiya tomonidan 1 ming 255 ta murojaat körib çiqilgan. Ularning 774 tasi ijobiy hal etilgan, 468 tasi yuzasidan huquqiy tuşuntiriş berilgan, 13 tasini qanoatlantiriş rad etilgan. Şuningdek, 149 ta murojaat tegişliligi böyiça boşqa idora va taşkilotlarga yuborilgan.
Qonunçilikka muvofiq, 1 ta murojaat körmay qoldirilgan, 26 ta murojaatni körib çiqiş tugatilgan. Ayni paytda 24 ta murojaat körib çiqiş jarayonida. Kelib tuşgan murojaatlarning mazmun-mohiyati tahlil qilinganda, ularning eng katta qismi qişloq xöjaligiga möljallangan yerlardan foydalaniş bilan boğliq ekani maʼlum böladi. Qişloq xöjaligi texnikalari, agrotexnik tadbirlar va uruğçilik bilan boğliq murojaatlar ham salmoqli örinni egallagan.
Fuqarolar va tadbirkorlar öz murojaatlarini Inspeksiyaning işonç telefoni hamda Telegram ijtimoiy tarmoği orqali ham yuborişlari mumkin. Uşbu kanallar orqali kelib tuşgan murojaatlar belgilangan tartibda körib çiqilib, murojaatçilarga tegişli javoblar taqdim etilmoqda.
Bundan taşqari, murojaatlar ijrosi Prezident virtual qabulxonasi, Tadbirkorlar virtual ofisi, EDO ijro.uz va Uzagroin elektron dasturlari orqali nazorat qilib borilmoqda. Har oy yakunida murojaatlar bilan işlaş natijalari umumlaştirilib, Inspeksiyaning rasmiy veb-saytidagi Oçiq maʼlumotlar portaliga joylaştiriş uçun matbuot kotibiga taqdim etilmoqda.
Muhayyo Toşqorayeva,
ÖzA