Bu jarayonda soha yoʻlida fidoyilik qilayotganlarga qarata tosh otilgani, ularning bu borada hech narsa qilmayotgani va yoki qilishga kuchi yetmasligi koʻp marta takrorlangani kishini oʻyga toldiradi.

Shu kunlarda ijtimoiy tarmoqlarda oʻzbek tilining davlat tili sifatida nufuzini oshirish boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlar, bu borada yoʻl qoʻyilgan va hatto, yoʻl qoʻyilayotgan xato hamda kamchiliklarni bartaraf etish boʻyicha muhokamayu munozaralar qizigandan qizib bormoqda. Bugun bu tortishuvlar oʻz nihoyasiga yetgandek, goʻyo.

Bu jarayonda soha yoʻlida fidoyilik qilayotganlarga qarata tosh otilgani, ularning bu borada hech narsa qilmayotgani va yoki qilishga kuchi yetmasligi koʻp marta takrorlangani kishini oʻyga toldiradi. Albatta, bu ularning fikri. Hech kim boshqa birovni fikr bildirish, oʻzi xohlagan tilda oʻylash, fikrlash huquqidan mahrum qilolmaydi. Har kim fikrlash, soʻz va eʼtiqod erkinligi huquqiga ega ekanligi bosh qomusimiz – Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 29-moddasida belgilab qoʻyilgan.

Eng qizigʻi, mana shunday fikr bildirganlarning 80-90 foizi oʻz “post”larini adabiy til qoidalariga rioya qilmagan holda qoldirdi, desam yanglishmagan boʻlaman. Shu oʻrinda bir savol tugʻiladi. Xoʻsh, ular oʻzi adabiy til meʼyorlarini biladimi? Bu endi boshqa masala.

Ijtimoiy tarmoqlarda ana shunday holatga nisbatan oʻz qarashlarini bayon qilganlarga “Asosiysi oʻz fikrini aytyapti, qanday koʻrinishda yozishining nima farqi bor?”, degan javoblar ham “yangradi”.

Kezi kelganda, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligida davlat tilida ish yuritish tizimini yana-da takomillashtirish boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlar haqida toʻxtalib oʻtmoqchiman. Markaziy apparat boshqarma va boʻlimlari faoliyatiga oid hujjatlarni davlat tiliga tarjima va qabul qilish ishlarini yakunlay deb qoldik. Bizga kelayotgan hujjatlarni bilmadim-u, bizdan boshqa tashkilotlarga yuborilayotgan hujjatlar davlat tilida tayyorlanmoqda. Buning shart ekanligini hamkasblarim tushunmoqda va bu borada amaliy koʻmak koʻrsatishmoqda.

Endi belgilangan vazifalarning ikkinchi bosqichi, yaʼni Vazirlik tizimidagi korxona va tashkilotlar bilan ishlashga oʻtdik. Ishning samaradorligini taʼminlash maqsadida buning uchun, avvalo, ularda ushbu yoʻnalish boʻyicha masʼullarni belgilab oldik. Hozirda ular bilan hamkorlikda tizim tashkilotlarning ham faoliyatini oʻrganib, baʼzi hujjatlarni davlat tilida qabul qilish boʻyicha zarur choralar koʻrilmoqda. Bu qisqacha tanaffus edi.

Konstitutsiyaning 4-moddasida Oʻzbekiston Respublikasining davlat tili oʻzbek tilidir, deb qatʼiy belgilab qoʻyilgan. Bu qoidaga zid yoki qarama-qarshi harakat qilishga hech kimning haqqi yoʻq. Mabodo kimdir haddidan oshib, shunday harakat qiladigan boʻlsa, oʻz huquq va erkinliklarini amalga oshirishda boshqa shaxslarning, davlat va jamiyatning qonuniy manfaatlari, huquqlari va erkinliklariga putur yetkazmoqda, deb topilishi mumkin (20-modda).

Bunday holatlarga qarshi chiqish, kurashish uchun hammasini oʻzimizdan, yaʼni shaxsan oʻzimizdan, oilamizdan, ishxonamizdan boshlashimiz zarur. Bir tasavvur qilib koʻring-a, siz oʻzbek tilida gapirasiz, oilada oʻzbek tilida muloqot qilasiz, ishxonangizda barcha hujjatlarni (xalqaro tashkilotlar va xorijga yuboriladiganlari bundan mustasno) oʻzbek tilida tayyorlaysiz va hamkasblaringiz bilan oʻzbek tilida muloqotga kirishasiz. Kim sizdan boshqa tilda gapir, deb talab qiladi, kim sizni bunga majburlay oladi, kim sizni bu huquqdan mahrum qilishga urinadi? Kim...?

Masalan, men shunday qilyapman. Bir hamkasbim doim menga oʻz tilida “Zdravstvuyte”, deydi. Men esa unga “Assalomu alaykum”, deb javob qaytaraman. Tunov kuni yana bir hamkasbimiz shu voqeani esga olib, ruscha salom beruvchi hamkasbimiz hech boʻlmaganda oʻzbekcha salomlashishni oʻrganayotganini aytdi. Ich-ichimdan xursand boʻldim. Kurashish degani mana shunaqa boʻlsa kerak-da.

Endi har birimiz shunday qilsak, nimalar boʻlishini oʻylang. Buning uchun kimlarningdir dilini xira qilish shart emas. Shunchaki siz oʻz tilingizda gapiring, hammasi iziga tushib ketadi.

Taʼlim, bilim va madaniyatni unga aʼzo boʻlgan har bir davlatdagi milliy komissiyalar orqali amalga oshiruvchi YUNESKO tomonidan olib borilgan tadqiqotlar bugungi kunda dunyoda minglab tillardan foydalanilayotganini koʻrsatmoqda. Bu tillarning bir qismi keng miqyosda boʻlsa, boshqalari bir hudud doirasida foydalanilmoqda. Xoʻsh, dunyoda eng koʻp foydalaniladigan tillar qaysi?

Ingliz tili garchi dunyoning juda koʻp hududlarida ishlatilayotgan boʻlsa ham, ammo aynan mana shu sababli u eng koʻp foydalaniladigan til degan xulosaga borish notoʻgʻri. Dunyo tillari roʻyxatiga qaralsa, ingliz tili 2-oʻrinni egallamoqda. Aholisi soni jihatidan dunyoda birinchi oʻrinda turuvchi Xitoy roʻyxatning boshida turibdi. Undan keyingi oʻrinlarni ingliz, ispan, hind, arab, rus, malay, bengal, portugal va fransuz tillari egallagan.

Bizning asosiy maqsadimiz kimlar bilandir davlat tilini yana-da rivojlantirish boʻyicha pachakilashib oʻtirmasdan, uni yuqorida keltirilgan tillar qatoriga kiritish, hech boʻlmaganda ularga yaqinlashtirishni oʻylashimiz kerak.

Nurulla ABDULLAYEV,
Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri maslahatchisi.

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Aslida yozmoqchi emasdim-u...
Технологиялар
11:25 / 23:05:2020