Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev joriy yil 23 aprel kuni “Hududiy elektr tarmoqlari” aksiyadorlik jamiyatining Elektr energiyasini hisobga olishni avtomatlashtirish markazi faoliyati bilan tanishgan edi.

Davlatimiz rahbari markazga tashrifi chog‘ida aholiga zamon talablariga mos ravishda xizmat ko‘rsatish, elektr ta’minotini yanada yaxshilash bo‘yicha qator ko‘rsatmalar bergandi. Xususan, elektron hisoblagichlar o‘rnatish – bu birinchi qadam ekanligi, eng qiyini oldindaligi, ya’ni hududlar, uzoq qishloqlarda hisoblagichlarni ekspluatatsiya qiladigan professional kadrlarni yetishtirish, tizimning tashqi ta’sirlarga chidamliligini oshirish, keyinchalik tarmoq eskirishi tufayli yuzaga keladigan holatlarni hisob-kitob qilishni hozirdan o‘ylash kerakligi, tushumlarning ma’lum bir foizini ilm, modernizatsiyaga yo‘naltirish zarurligiga e’tibor qaratgandi.

Xo‘sh, bu borada sohada qanday amaliy ishlar olib borilmoqda?

Elektr energiyasini hisobga olishni avtomatlashtirish markazi direktori Ravshan Mirsalihov ayni paytda respublika bo‘ylab elektr energiyasini hisobga olish va nazorat qilishning avtomatlashtirilgan tizimi (ASKUE)ga ulangan hisoblagichlarni o‘rnatish ishlari yakuniy bosqichga chiqqanini ta’kidladi.

– Shu kungacha 6 million 700 mingdan ortiq (90 foiz) hisoblagich o‘rnatilib, ularning qariyb 4 million 330 mingdan ortig‘i billing tizimiga ulandi, ya’ni hisob-kitoblar avtomat ravishda amalga oshirilmoqda – dedi R.Mirsalihov. – Elektr energiyasini hisobga olishni avtomatlashtirish markazi (Data center)da bu boradagi ishlar markazlashgan holatda boshqarib borilmoqda.

Prezidentimiz tomonidan qabul qilinayotgan iqtisodiyotni rivojlantirishga oid muhim hujjatlar salmoqli rejalar tuzish, ularni izchil amalga oshirishga undaydi. Darhaqiqat, 2018 yil 23 oktyabrda “Elektr energetikasi tarmog‘ini jadal rivojlantirish va moliyaviy barqarorligini ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida” qabul qilingan qaror ayni maqsadlarni amalga oshirishda dasturilamal vazifasini o‘tamoqda.

“KT Corporation” kompaniyasi va “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ o‘rtasida 2019 yil yanvar oyida Elektr energiyasini hisobga olishni avtomatlashtirish markazi tashkil etish bo‘yicha qo‘shimcha kelishuv bitimi imzolangan bo‘lib, uning doirasida moliyaviy hamkor – OTB vakillari ishtirokida markaz binosining ichki qismini to‘liq rekonstruksiya qilish va server qurilmalarini o‘rnatish orqali ob’ektni hududlardagi elektr energiyasi hisoblagichlari ma’lumotlarini qayta ishlash respublika yagona markaziga integratsiya qilish ishlari boshlangandi.

Aytish joizki, dastlab mazkur loyihaning umumiy qiymati 1 milliard 243,2 million AQSH dollariga teng bo‘lgan, keyinchalik ushbu qiymat 587 million dollargacha tushgan. Loyihaning ilk bosqichi Osiyo Taraqqiyot banki tomonidan moliyalashtirilib, jami 150 million dollar mablag‘ ajratilgan.

– Koreya Respublikasining “KT Corporation” kompaniyasi tomonidan subpudratchi sifatida Xitoyning KAIFA rusumli hisoblagichlari olib kelindi va 3 ta hudud – Samarqand, Jizzax va Buxoro viloyatlariga 1 million 400 mingtasi o‘rnatildi, – deydi markaz direktori. 

– Qolgan hududlarga (6 million hisoblagich) mahalliylashtirish dasturi asosida “Elektron hisoblagich” QK va “Toshelektroapparat” MCHJlar tomonidan Koreya kompaniyasining yagona texnik talablari asosida Xitoy mahsulotidan qolishmagan holda ishlab chiqarilayotgan hisoblagichlar o‘rnatilishi rejalashtirilgan. Shu o‘rinda ta’kidlagan bo‘lardimki, barcha hisoblagichlarning ko‘rsatkichlarni qabul qilish va yetkazib berishida aniqlik darajasi bugungi kun talablariga javob beradi.

Yuqorida ta’kidlanganidek, ayni paytgacha qariyb 4,5 million hisoblagich billing tizimiga ulangan. Bu boradagi kunlik reja 25-30 mingdan ortiqni tashkil etmoqda. Shu bilan birga, transformator punktlariga konsentratorlarni o‘rnatish ishlari jadal ketmoqda. Bitta konsentratorning ishlash prinsipiga to‘xtaladigan bo‘lsak, u har yarim soatda 300 ta iste’molchi ko‘rsatkichlarini oladi. Bundan tashqari, hisoblagichdan 100 taga yaqin ma’lumot qabul qila oladi.

Ushbu tizim elektr energiyasini faqat o‘chirish va yoqishni emas, balki mutaxassislar tomonidan viloyat yoki tumanga kirib borgan elektr energiyasini iste’molchiga yetkazishgacha bo‘lgan jarayonni nazorat qilishga xizmat qiladi. Elektr energiyasi iste’molida yo‘qotishlar, nohaq qarzdorlik kelib chiqishiga umuman imkon qoldirmaydi. 

Har bir iste’molchi kesimida elektr energiya miqdori shakllanadi. Biror noqonuniy harakat qilayotgan iste’molchilar haqida hisoblagichning o‘zi signal beradi, masalan, hisoblagich qopqog‘ini ochishga urinish, magnit maydonini hosil qilish va hokazolar.

ASKUE tizimini joriy etishdan asosiy maqsad iste’molchi va ta’minotchi o‘rtasidagi shaffoflikni ta’minlash, yetkazib berilgan elektr energiyasi uchun hisob-kitoblarga aniqlik kiritish, shu bilan birga, iste’molchilar o‘rtasida foydalangan elektr energiyasi uchun to‘lov intizomini mustahkamlash. Bu degani, endilikda to‘lovsiz bitta tugmachani bosib, yoqib yuborishni tuman yoki viloyat ETK xodimlari qila olmaydi.

– Tizim to‘liq ishga tushganidan so‘ng aholining turli qatlamlari tahlilini aniqlab, aynan ularni ajratib berish imkoni yaratilgach, vaqt bo‘yicha tariflarni, misol uchun, kechqurun yoki kunduzi arzon va qimmat tariflarni joriy qilishni rejalashtirganmiz, – dedi Ravshan Mirsolihov. – Xususan, 100 kVtgacha sarflaydiganlar uchun arzonroq tarif, 100-200 kVt oralig‘ida qimmatroq, 300 kVtdan yuqori iste’mol qiladiganlarga shunga yarasha to‘lov tizimini joriy etishga imkoniyat paydo bo‘ladi.

Innovatsion tizimning afzalliklaridan yana biri, u orqali joylardagi katta yuklamalar bilan ishlayotgan transformator punktlari hamda tarmoqlarni aniqlash, yuzaga keladigan avariyali holatlarning oldini olish, kelgusida ayni tizim yordamida modernizatsiya va qurilish ishlarini amalga oshirish hamda eng asosiysi, iste’molchilarga barqaror elektr energiyasi yetkazib berishda samaradorlikni oshirishdir.

Umuman olganda, “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ tomonidan bu borada olib borilayotgan ishlar pirovardida aholini sifatli elektr energiyasi bilan ta’minlashni zamonaviy bosqichga olib chiqish, sohaga innovatsion texnologiyalarni joriy etish, respublikada raqamli iqtisodiyotni rivojlantirishga erishish maqsadi mujassam. Zero, buning uchun mamlakatimizda barcha imkoniyat va sharoit yetarli.

Nasiba ZIYODULLAEVA, O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
ASKUE, zamonaviy markaz va biling tizimi