Ashirboyev Axrorjon Tirkash o‘g‘lining yuridik fanlar bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiya ishi himoyasi to‘g‘risida
“Ishni sudga qadar yuritishda surishtiruv va dastlabki tergovni to‘xtatishni takomillashtirish” mavzusida
Ashirboyev Axrorjon Tirkash o‘g‘lining “12.00.09 – Jinoyat protsessi. Kriminalistika, tezkor-qidiruv huquq va sud ekspertizasi” ixtisosligi bo‘yicha “Ishni sudga qadar yuritishda surishtiruv va dastlabki tergovni to‘xtatishni takomillashtirish” mavzusidagi yuridik fanlar bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiya ishi himoyasi O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Akademiyasi huzuridagi DSc.31/30.12.2019.Yu.25.02. raqamli Ilmiy kengashning 2025 yil 16 aprel kuni soat 11:00 dagi majlisida bo‘lib o‘tadi.
Manzil: 100197, Toshkent sh., Intizor ko‘chasi, 68. O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Akademiyasi.
Tel.: (99871) 265-22-52;
e-mail: info@akadmvd.uz