O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasida Badiiy tarjima kengashi faoliyatining 2020 yil yakunlariga bag‘ishlangan hisobot yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Tarjimonlar, kengash a’zolari, yozuvchi va shoirlar, jurnalistlar hamda talaba-yoshlar ishtirokidagi tadbirni shoir va tarjimon Rustam Musurmon olib bordi.

O‘zbekiston xalq yozuvchisi Muhammad Ali, jurnalist Ahmadjon Meliboyev tarjima mashaqqati haqida so‘z yuritdi. O‘tgan yili badiiy tarjima sohasida ko‘zga ko‘rinarli yutuqlar qo‘lga kiritilgani e’tirof etildi.

Qayd qilinganidek, AQSHda Abdulla Qodiriyning «O‘tkan kunlar» romani ingliz tilida chop etilgani eng ahamiyatli voqealardan biri bo‘ldi. Cho‘lponning ellikdan ziyod she’ri rus tiliga tarjima qilinib, «Mgnoveniya lyubvi» nomli to‘plam nashr qilindi. Bu Cho‘lponning rus tilida chop qilingan birinchi to‘plamidir. Usmon Azimning she’rlari, nasriy va dramatik asarlari «Buket alыx roz» nomi ostida nashr etildi, Moskvada Baxtiyor Abdug‘afurning «Uzbechka» romani rus tilida e’lon qilindi, Isajon Sultonning «Boqiy darbadar» romani turk tilida Istanbulda, ingliz tilida AQSHda chop etildi, Turkiyada Nargiza Asadovaning she’riy to‘plami bosildi, Ma’mura Zohidovaning «Sadoqat» qissasi ingliz tilida nashr etildi. Turkiya, Rossiya, Ukraina, Belarus adabiy nashrlarida Shoyim Bo‘tayev, Qo‘chqor Norqobil, Xosiyat Rustamova, Nurilla Chori, Nodirabegim Ibrohimova, Aziz Said kabi qator o‘zbek ijodkorlarining she’r va hikoyalari e’lon qilindi. «Rus adabiyoti durdonalari» 100 tomligi, «Turkiy adabiyot xazinasi» 100 tomligi, «Qoraqalpoq adabiyoti» 16 tomligi bo‘yicha ishlar davom ettirildi.

Jahon adabiyotidan o‘zbek tiliga qilingan katta asarlar tarjimasi borasida o‘tgan yili ingliz yozuvchilari Irvin Shou va Jen Eyr, nemis adiblari Erik Mariya Remark va Stefan Sveyg, Nobel mukofoti sovrindori Ernest Xeminguey, arab yozuvchisi Ibrohim an-Nosir al-Humaydon, qozoq adibasi Dilfuza Axan qizi, rus yozuvchisi Fyodor Dostoyevskiy romanlari o‘zbek o‘quvchilari qo‘liga tekkanini aytish lozim. Shuningdek, Sergey Yesenin she’rlaridan iborat «Dilda ishqning marvarid guli» nomli kitob shoir Zikrilla Ne’mat tarjimasida chop etildi.

– Tarjima og‘ir san’at, – deydi tarjimon va adabiyotshunos Adhambek Alimbekov. –Avvalo, asarni tanlab tarjima qilmoq kerak. Yaxshi tarjimalar targ‘ibi bilan alohida shug‘ullanish zarur. Targ‘ib qilishning balki yangicha yo‘lini topishimiz kerak. Tarjima kengashining faoliyatini ham qaytadan tahlil qilishimiz kerak. Tez-tez yig‘ilib turishimiz, mutaxassislarni jalb qilishimiz lozim. Bu galgi yig‘ilishlarda kino filmlar tarjimasini ham tahlil qilishni tavsiya qilaman.

Hisobot yig‘ilishida filologiya fanlari doktori Zuhriddin Isomiddinov tarjimachilikka oid yillik chiqishlar, tarjimon Begoyim Xolbekova o‘zbek adabiyoti namunalarining jahon tillariga tarjima qilinishi, shoir va tarjimon Humoyun Akbar jahon she’riyatidan o‘zbek tiliga qilingan tarjimalar haqida ma’ruzalar qildi. Tanqidiy, tahliliy fikrlar bildirildi.

Hisobot yig‘ilishida, shuningdek, o‘zbek tarjimashunosligining dolzarb masalalari, kengashning 2021 yil faoliyatiga oid rejalari muhokama qilindi, fikr-mulohazalar o‘rtaga tashlandi.

D. Mamatova, O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Asarlarni tanlab tarjima qilmoq kerak