“Gidrotozalash jarayoni uchun ishlatilgan adsorbent Al2O3 asosida bifunksional katalizator olish texnologiyasi” mavzusida
Asadova Dilnavoz Fayzulloyevnaning 02.00.08 – “Neft va gaz kimyosi va texnologiyasi” ixtisosligi bo‘yicha “Gidrotozalash jarayoni uchun ishlatilgan adsorbent Al2O3 asosida bifunksional katalizator olish texnologiyasi” mavzusidagi texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiya ishi himoyasi Buxoro muhandislik-texnologiya instituti huzuridagi DSc.03/28.02.2022.T.101.01 raqamli Ilmiy kengashning 2024 yil 4 dekabr kuni soat 10:00 dagi majlisida bo‘lib o‘tadi.
Manzil: 200117, Buxoro shahar, Q.Murtazoyev ko‘chasi, 15-uy, Buxoro muhandislik-texnologiya instituti,1-bino, 2-qavat, 202-xona.
Tel.: (+99865)223-78-84, faks: (+99865)223-78-84,
e-mail: bmti_info@edu.uz