Asad Asil va Soyim Ishoq 80 yoshda
O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zolari Asad Asil va Soyim Ishoq tavalludining 80 yilligi munosabati bilan ijodiy uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Tadbir doirasida Asad Asilning “Parvoz», Soyim Ishoqning «Ona yo‘lbars hamlasi» nasriy kitoblari taqdimoti ham o‘tkazildi.
Ijodkorlarning yaqin qarindoshlarlari, shogirdlari va yaqin do‘stlari ishtirokidagi tadbirda O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi raisi Sirojiddin Sayyid kitob mualliflarini yangi kitob hamda tavalludining 80 yilligi bilan qutladi.
Asad Asil «Parvoz» kitobining yaratilishi haqida o‘quvchiga ma’lum bo‘lmagan voqealar haqida so‘zlab berdi. U ijodining qariyb 30 yildan ziyodini Sadkiy Xandaklikning hayoti va ijodini o‘rganishga bag‘ishlagan. Yozuvchi qutlug‘ yosh ostonasida «Parvoz» nomli biografik xarakterga ega asar yaratdi.

Tadbirda chinakam ma’noda o‘z faoliyati bilan zamonamiz qahramoniga aylangan Soyim Ishoqning ijodiy faoliyati haqida ham iliq fikrlar tinglandi. Yozuvchi Soyim Ishoqning dastlabki yirik asari dunyo yuzini ko‘rganiga qariyb yarim asrdan oshdi. Yozuvchining har gal yangi asari nashrdan chiqishi bilan adabiyot ixlosmandlari orasida iliq muhokama va olqishlarga sazovor bo‘ladi.

Soyim Ishoqning «Ona yo‘lbars hamlasi» qissasida aks etgan milliy urf-odatlarimiz hamda ayol zotining favqulodda jasoratga bag‘ishlangan asari adabiyotshunos, yozuvchi va ijodkorlarimizni qiziqtirishi shubhasiz.
Taqdimot so‘nggida ushbu ijodkorlarga O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasining faxriy yorlig‘i hamda pul mukofoti topshirildi.

Muxlisa A’zamova,
O‘zbekiston daalat Jahon tillari universiteti talabasi.