AOKAda “O‘zarxiv” agentligi tomonidan “O‘zbekiston arxivlari portali ishga tushirilishi va arxiv ishidagi davlat nazorati” mavzuida brifing bo‘lib o‘tdi. Unda “O‘zarxiv” agentligi axborot xizmati rahbari Anvarjon Aliyev O‘zbekiston arxivlari portalining mohiyati va kelgusi rejalar xususida ma’lumot berdi.

Qayd etilganidek, “O‘zarxiv” agentligi tomonidan davlat arxivlarining arxiv xizmatlari xaqida axborot beruvchi O‘zbekiston arxivlari portali (https://portal.archive.uz) ishga tushirildi. 

Mamlakatimizda arxiv sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar, qabul qilinayotgan qonunchilik hujjatlari va davlat dasturlarining mazmun va mohiyatini yoritib beruvchi mazkur portal arxiv hujjatlari va boshqa turdagi materiallarni tezkor, qulay usulda foydalanuvchi va tadqiqotchilarga yetkazish hamda shu bilan birga, aholining barcha qatlamlariga arxiv sohasidagi huquqiy madaniyatni singdirishga qaratilgan ko‘rgazmali materiallarni doimiy ravishda yangilab, elektron shaklda tarqatish imkoniyatini beradi. 

Yo‘lga qo‘yilgan portalda O‘zbekiston va jahonda arxiv ishi yo‘nalishida bo‘layotgan yangiliklar e’lon qilinibgina qolmay, tashkil etilayotgan anjumanlar to‘g‘risida xabarlar va ilmiy maqolalar ham berib boriladi. Platforma har bir Arxiv ishi hududiy boshqarmasi haqidagi ma’lumotlarni o‘z ichiga olib, ular tasarrufidagi davlat arxivi haqidagi ma’lumotlar ham kiritilgan. Mazkur portaldan barcha tashkilotlar ish yurituvchilari va arxivchi xodimlari, shuningdek jismoniy shaxslar ham foydalanishlari mumkin. 

“O‘zarxiv” agentligi va uning hududiy boshqarmalari tomonidan 2023 yilda 317 ta vazirlik va idora hamda ularning hududiy bo‘limlarida arxiv ishi va ish yuritish holati ustidan davlat nazorati tadbirlari o‘tkazildi. Tekshirishlarning 39 tasi Agentlik tomonidan, 278 tasi arxiv ishi hududiy boshqarmalari tomonidan o‘tkazilgan. 

O‘tkazilgan davlat nazorati tekshirishlari bo‘yicha 287 ta tashkilotga ko‘rib chiqilishi majburiy bo‘lgan taqdimnomalar kiritilgan va Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 215-4-moddasida nazarda tutilgan huquqbuzarlik sodir etgan 37 nafar mas’ul xodimga nisbatan ma’muriy bayonnomalar tuzilib, tegishli sudlarga yuborilgan bo‘lsa, 2 ta tashkilotda o‘tkazilgan tekshirishlar bo‘yicha to‘plangan materiallar prokuratura organiga taqdim etilgan. 

Tekshirishlar davomida asosan quyidagi qonunbuzilishlar aniqlandi. Xususan, O‘zbekiston Respublikasi Milliy arxiv fondi tarkibiga kiritilgan arxiv hujjatlarini belgilangan muddatlarda davlat arxivlariga topshirmaslik, arxiv hujjatlarining qimmatliligi bo‘yicha ekspertizadan o‘tkazmaslik, jumladan, arxiv ro‘yxatlarini tuzmaslik, hujjatlarni tartibga keltirmasdan saqlash, arxiv xonalariga bo‘lgan talablarga rioya etmaslik kuzatildi. 

Shuningdek, ish yuritish qoidalariga rioya etmaslik, jumladan, ish yuritish yo‘riqnomalari, yig‘majildlar nomenklaturalari ishlab chiqmaslik, arxiv ishi va ish yuritishga mas’ullarning bilim va malakalari yetishmasligi hamda tegishli malaka oshirish kurslarida o‘z malakalarini oshirmaslik holatlari aniqlanmoqda. 

Gulnoza Boboyeva, O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Arxiv xizmatlari xaqida axborot beruvchi yangi portal ishga tushirildi